Ko`pincha ota onalarimiz bizlarni kelajakda kim bo`lishimizni oldindan belgilashga xarakat qilishardi. O`sha paytda balki ota onamiz bizda shu narsaga qiziqish bormi yo`qmi o`ylab ko`rishmagandir. Balki ular o`zlari erisha olmagan orzulariga biz orqali etishishmoqchi bo`lgandir. Balki ular bizlarda nimagadir xaqiqatdan qobiliyat borligini sezishgandir. Lekin Xar bir inson kelajakda kim bo`lishini o`zlari belgilasa yaxshi.
Agar siz o`zingiz xoxlagan ishda yoki o`zingizda mavjud bo`lgan inom yoki qobiliyatlaringiz bo`yicha xizmat qilayotgan bo`lsangiz ishonamizki siz o`z ishingizdan mamnun bo`lasiz. Aytaylik sizda mashina tuzatish uchun qobiliyat bor lekin kimdir sizni majburlab sotuvchi bo`lib ishlashga qo`ydi. Albatta siz tezroq shu ishdan ozod bo`lish yo`llarini izlaysiz. O`zingiz xoxlagan ishda esa yuragingizda tinchlik bo`ladi va siz qilgan ishingizdan xursand bo`lasiz. Xar bir inson o`zi sevgan ishni qilishi kerak. Shu ish bilan chegaralanib qolmasdan boshqa kasblarni xam o`rganish mumkin. O`z ishingizda doimo yangilik yaratishga xarakat qiling.
Sizni ko`rgan odamlar ishingizdan xursand bo`lishsin. Xozir dunyo yolg`onga to`lib toshgan bir davrda, aldamaslikka xarakat qilsak bu bizni insonlar bilan yanada yaqinlashtiradi. Bir misol keltiray, biz yashaydigan rayonda do`konlar juda ko`p. Xamma dukonlarda xar xil narxlar, shulardan birida narxlar biroz qimmatroq lekin ko`pchilik shu dukondan xarid qilishni afzal ko`radi, chunki xech qachon ular xaridorlarni aldamaslikka xarakat qilishadi. Yana bir misol, xozirgi kunga kelib xar qadamingizda sartaroshxonaga ko`zingiz tushishi mumkin. Lekin xammasida xar xil ustalar ishlaydi. Masalan men doimo boradigan sartarosh o`zining ishini juda mukammal biladi desam sira mubolag`a bo`lmaydi.
Chunki u o`ziga yuklatilgan vazifani a`lo darajada bajaradi. Shuning uchun xam bo`lsa kerak, uning mijozlarining keti uzilmaydi. Bu esa o`z kasbining ustasi ekanligidan dalolat beradi. Xozir xar bir kishi xoxlagan kasb xunarini o`rganishi mumkin. Buning uchun shart sharoitlar etarli. Har bir inson o`ziga yarasha inom va qobiliyatga egadir. Sizdan talab qilinadigan vazifa esa faqatgina ularni ishlata bilish. Xalqimizda ajoyib bir gap bor” Bekorchidan Xudo bezor “- deydilar. Bu degani xech qachon bilim olishdan, qobiliyat va in`omlaringizni ishga solishdan erinmanglar. Doimo olg`a qadam bosinglar.
ёш бола узига нима кераклигини кандай билади, нима яхши нима ёмон буни фаркига бораолмайди
манимча хеч бир ота она уз фарзандининг ёмон булишини истамайди, шундай экан, унинг ёмон булиб кетишига хам йул куймайди
кандай билса булади шу ином ёки кобилият сенда борлигини?
Fara Siz mutlaqo to’g’ri gapni etdiz
Қобилият менимча хар бир инсонда бўлса керак. Бой камбағал, ёш ёки қари, яхши ёки ёмон бўлишингдан қатъий назар хар бир одамда инъом бўлади. Русчасига буни дар дейишади.
Demey mandayam in’om bor shundaymi? Unday bo’sa nimada in’omimni qanaqa ekanini qanday bilsam bo’ladi? Kim biladi?
lekin men baribir tushunmadim inom va qobiliyat orasida qanday farq?
кандай килиб кобилият хаммада булиши мумкин?
Ином ва кобилият манимча хаммада узига хос булади. Хаммада кобилият ва инъом бор деб уйлиман. Кимдир уни топади кимдир узида курмайди. Манам илгари билмасдим. Хозир кобилиятимми билиб олдим. Одамларга яхшилик килиш инъомини топдим. Зур!
Hop, bula hammada borakan a uni qando topsa buladi?
In’om bilan qobiliyati nima farqi bor?
Mani ismim In’om. Lekin in’om degani nima ekanini bilmayman.
ином бу совга бериш хадия килиш дегани исмингиз хакида тулик малумотга эга булсангиз бу сиз учун энг катта ютукдир
манимча ином сузи бошка манони билдиради
ином сузи маносини тушунтириш хам кийн экан