Insonning bo`yi ahamiyatga ega?!

Insonning bo`yi ahamiyatga ega?!

Qanday qilib bo`y juftliklarning munosabatiga ta`sir qiladi, qanday bo`y baht uchun eng yaxshi, qizlar kimlarni yaxshi ko`rishadi va ular qanday bo`yli kishilarni ma`qul ko`rishadi? Aslini olganda baht uchun bo`yning ahamiyati anchayin kam hisoblanadi. Shunga qaramay, qiziquvchan tekshiruvchilar shu kabi qiziqarli savollarga javob topishga harakat qildilar.

Tekshiruvchilarning aniqlashicha, juftining bo`yi erkaklarga qaraganda ko`proq ayollar uchun axamiyatliroq ekan. Qadimgi paytlarda ham ko`plab ayollar ularning tanlagan juftining bo`yi balandroq bo`lishini istashgan ekan.

Nima uchun ayollar baland bo`yli insonlarni istashgan? Masalan, ba`zi bir ayollarning ta`kidlashicha, ularga erkakning ko`zlariga tepadan turib qarash yoqmaydi boshqalar esa balanda bo`yli bo`lmagan erkaklar bilan baland poshnali tuflilarda yurolmasliklarini aytishdi.

Olimlarning so`zlariga ko`ra, ko`pchilik erkaklar uchun uning sherigi qanday bo`yda bo`lishi unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Bundan tashqari, olimlar aniqlashdiki, baland bo`yli erkak – himoya ramzidir. Aynan shuning uchun ayollar shunday erkaklarni yonida ko`rishni istashadi.

Qo`shimcha tarzda, tekshiruvchilarning so`zlariga ko`ra, juftliklar, qaerda erkak ayolidan balandroq bo`lsa stereotip genderli rollarga ega, yani erkak idora va himoya qilish ma`nosida, ayollar esa bo`ysunib va noziklikni sovg`a qilishdir.

Ma`lum bo`lishicha, ayollarning fikriga ko`ra, erkak ulardan 20 sm balandroq bo`lishi kerak, erkaklar esa o`zlarining yonida 8-10 sm pastroq bo`lgan sherikni ko`rishni hohlashar ekan. Buni inobatga olgan xolda, olimlar ideal bo`yning ko`rsatgichlarini aniqlab chiqishdi, natijada ayollarning – 173 sm, erkaklarning esa – 188 sm oralig`ida bo`lishi kerak.

Olimlar va tekshiruvchilar to`plagan ma`lumotlarga hayotimizning ko`pgina qirralarida duch kelishimiz mumkin. Lekin bu narsa har doim ham to`g`ri kelavermaydi va bularning barchasi tashqi ko`rinishning muhimligidir. Shuningdik, shuni aytish joizki, baht uchun tashqi ko`rinish katta ro`l o`ynamaydi, aksincha bu vaqtinchalikdir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social