Ishdan ajralmagan holda miyani “dam oldirish”ning samarali 10 usuli

Ishdan ajralmagan holda miyani “dam oldirish”ning samarali 10 usuli

Kun davomida miya salomatligi haqida atigi bir necha daqiqa g‘amxo‘rlik qilish, mental salomatligingizga e’tibor qaratish va ichki holatingiz ustida ishlash o‘zingizni yaxshiroq his qilishingizga yordam beradi.

Bamaylixotir taomlaning

Ovqatlanayotgan vaqtda ish haqidagi eslatmalarni va fikrlarni xayolingizdan chiqarib tashlang. Shoshilmang — bu daqiqalarni ayni lahzani his qilish va ovqatdan rohatlanish uchun ishlating. Bu miyaning dam olishiga yordam beradi.

Telefon va boshqa gadjetlarni chetga surib qo‘yishni unutmang. Ovqatlanishga diqqatni qarating: sekin chaynang, taom hidi va ta’mini his eting.

Sayrga chiqing

O‘zingizga kun davomida tanaffus berib, ko‘chaga chiqing. Tadqiqotlarda yurish tashvishni pasaytirib, kayfiyatni ko‘tarishi isbotlangan. Bundan tashqari, shoshilmay qilinadigan sayr his-tuyg‘ularingizga e’tibor qaratish imkonini beradi. Agar faqat tushlik paytida yurish imkoniyatingiz bo‘lsa, bunga 15-20 daqiqa vaqt ajrating.

Yaqinlaringiz bilan gaplashing

Sevimli insoningizga qisqa xabar yuboring, tushlik vaqtida ota-onangiz bilan qo‘ng‘iroqlashing yoki do‘stlaringiz bilan muloqot qiling. Yaqin insonlaringiz bilan aloqa qilish oksitotsin gormoni darajasini ko‘taradi, bu esa stressni kamaytiradi va o‘zimizni yaxshiroq his qilishimizga yordam beradi.

Agar ofisda ishlasangiz, hamkasblaringiz bilan gaplashing. Yoqimli muloqot endorfin va dofamin darajasini ko‘taradi, ular ham yaxshi kayfiyat uchun javobgardir.

Sevimli podkastingizni tinglang

Sevimli podkastlaringizni tanlanganlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ying va ularni ish kuni tugashiga yaqin yoki uyga ketayotgan paytda tinglang. Bu kayfiyatni ko‘tarishga va oila bilan uchrashishdan oldin diqqatni boshqa tomonga qaratishga yordam beradi.

Ish kuni tugashini anglatuvchi odatlar o‘ylab toping

Hamma ham ish bilan shaxsiy hayoti o‘rtasida aniq chegarani belgilay olmaydi, ayniqsa uydan ishlaganda. Kun oxirida ish rejimidan chiqishga yordam beradigan maxsus odatlar o‘ylab toping. Mutaxassislar bir necha variantlarni taklif qiladi:

  • hamkasblaringizga ish kuningiz tugaganini xabar qilish;
  • “stressni yuvib tashlash” uchun dush qabul qilish;
  • bir stakan suv ichish;
  • besh daqiqaga ijobiy musiqa tinglash.

Bunday oddiy harakatlar miyaga bugungi ish kuni tugatilganini anglatuvchi signal sifatida xizmat qiladi, demak, endi ish haqida o‘ylashni to‘xtatish vaqti kelgan.

Dam olishni rejalashtiring

Yetarli darajada dam olayotganingizga ishonch hosil qilishning eng to‘g‘ri usuli — kichik tanaffuslarni rejalashtirishdir. Kunlik jadvalingizga kamida bir necha daqiqalik dam olish vaqtini kiriting.

Masalan, ertalab qo‘shimcha bir soat ajratib, uni butunlay o‘zingizga bag‘ishlang yoki 11:00 dan 11:15 gacha bo‘lgan vaqtni choy ichish va qisqa tanaffus uchun ajrating.

Texnologiyalardan foydalanishni cheklang

Keyingi safar qisqa tanaffus kerak bo‘lganda, gadjetlardan foydalanish o‘rniga qo‘lingizga daftar olib, o‘ylaringizni yozib oling yoki telefon va noutbuk talab etilmaydigan hobbi, masalan, to‘qish bilan shug‘ullaning. Bu miya uchun qayta yuklash imkoniyatini yaratib, sizga ish va ijtimoiy tarmoqlardan dam olish imkoniyatini beradi.

Jismoniy mashqlar qiling

Jismoniy faoliyat har doim yaxshi, ayniqsa vaqtingizning katta qismini kompyuterda o‘tkazsangiz. Ishda oshxonada navbat kutayotganda bo‘yningizni cho‘zib yoki boshingizni aylantiring. Vaqti-vaqti bilan stoldan turib, qo‘llaringizni oldinga-orqaga siltang yoki barmoqlaringiz polga tegguncha egilib turing.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sabina

    Rahmat heart

  2. Aziza

    Hayotimiz abadiy emas, bar4a narsalani iw deb utkazib yubormaslik kere

  3. Lobar

    Ishdan charchaganda hech narsa yordam bermaydi

  4. Тимур

    Рахмат Фазо тв

  5. Shaxriyor

    Juda foydali maqola bo’libti

  6. Javlonxon

    Yoqdi

  7. Anonim

    Ishlaydiganlar bu saytga o’zi kiradimi? Asosiysi maktab o’quvchilari kiradi shekilli

  8. Aziza

    Institutda uqidigonlayam kiradi smile

  9. Aziza

    Adawmasam Timur aka iwlidila

  10. Тимур

    Ха, ишлиман ва кириб укиб тураман. Яхши сайт

  11. Aziza

    heart victory

  12. Shoxrux

    Yoqdi menga, raxmat

  13. Go'zal

    good good good

  14. Umid

    Yoqdi

  15. Samira

    Rahmat

  16. Anonim

    Raxmat heart

  17. Holmiraxon

    Ishdan juda charchadim

  18. Anonim

    Nima qilasiz?

  19. Holmiraxon

    Uy yig’ishtiraman

  20. Anonim

    ok

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social