Ishtiyoqni so’ndirish kerakmi?

Ishtiyoqni so’ndirish kerakmi?

Bir paytlar, istagan narsasini qila oladigan bir qiz bor edi. U shunchaki bir narsani tanlashi va unga ozgina diqqatini berishi kerak edi. Shunday qilib, bir kuni u surat solishga mo’ljallangan mato oldiga o’tirdi va bo’yashni boshladi.  Har bir chiziq bir-biridan mukammal edi va nuqsonsiz asar yaratilar edi. U oxir-oqibat bo’yashni tugatdi, o’z ishiga mag’rurlik bilan qaradi va kulib ham qo’ydi.

U qiz rassom edi. Huddi, butun osmon-u bulutlar va yulduzlar uni qobiliyatini bilgandek edi. U qiz ham buni juda yaxshi bilar va vujudining har bir tolasi buni his qilar edi. Lekin o’z asarini tugatganidan so’ng, u birdaniga tashvishga tushib, tezda o’rnidan turdi. U dunyoda istagan narsa qila olishini bilib, shunchaki bo’yoq bilan ishlab o’tirib vaqtni sarf qilganini tushundi.

Qiz bu dunyoda juda ko’p imkoniyatlar borligini his qildi. Nihoyat, qiz rasm va bo’yoq shunchaki behuda deb, hayoti davomida boshqa narsa qilishga qaror qildi. U o’zi yaratgan asariga qaradi-da, so’ng chiqib ketdi. Shu paytda, qiz juda muhim qarorlar qabul qilishi kerak edi. U tibbiyot bilan shug’ullanishi kerakmi? Yoki uylarni dizayni bo’yicha? Yoki o’qituvchilikmi?

Oradan yigirma besh yil o’tib, qiz yig’lab yubordi. Chunki u ancha vaqtdan beri ko’p narsalar qilishga harakat qildi. Ko’plab imkoniyatlar qidirdi va mazmunli hech narsa qilmaganini tushunib yetdi. Hayot imkoniyatlar haqida emas, chunki ko’p narsalarni qilish mumkin. Shunday ekan, hayot bu to’g’ri qaror qilish ekanini u tushunib yetdi.

Shundan so’ng, u rasm uchun mo’ljallangan matoni sotib oldida va bo’yashni boshladi. Unga yana tabassum va hayot zavqi qaytib keldi. Chunki u o’z ehtirosi va ishtiyoqini juda ham yaxshi bilar edi.


Lekin, lekin (har doim bir “lekin” bor)..

Hayotda ehtiros va ishtiyoqdan ham muhim narsalar bor, to’grimi?

Albatta to’g’ri, barcha ehtiros va ishtiyoqlar pul ishlamaydi. Biz ga’mxo’rlik qilishimiz kerak bo’lgan oilamiz va uy joyimiz bor. Shunday ekan,  ehtiros va ishtiyoqdan ham muhim narsalar bor.

Lekin, hayotda ozgina bo’lsa ham ishtiyoq bo’lishi kerak!

Yuqoridagi hikoya o’z  ishtiyoqingizga ergashish kambag’alchilikka olib kelishi haqida emas, balki ishtiyoqni qilmaslik sababli baxtsizlik jarligiga tushib qolish haqidadir.

Shunday ekan, agarda siz o’zingizda qandaydir ishtiyoqni sezsangiz, unga vaqt ajrating. Vaqt topa olmasangiz, TV ko’rishdan va ijtimoiy tarmoqlarda o’tirishdan o’zingizni ozgina tiying. Ishoning, ishtiyoq siz kutmagan zavq va ilhom bera oladi.


Sizning ishtiyoqingiz nima? Siz qanday qilib o’z ishtiyoqingizni amalga oshirasiz? 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social