Kitob mutolaasini odatga aylantirish: 33 foydali maslahat

Kitob mutolaasini odatga aylantirish: 33 foydali maslahat

15 milliondan ko‘p nusxada sotilgan va 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan «Atom odatlar» bestselleri muallifi Jeyms Klirdan kitob mutolaasi odatini shakllantirishga doir 33 ta foydali maslahat bergan. Quyida shu haqda bilib oling va, albatta, amal qiling.

1) Kunni 20 sahifa o‘qish bilan boshlang.

2) Men, odatda, uyg‘onib bir stakan suv ichaman, so‘ngra hayotda o‘zim minnatdor bo‘lgan 3 ta omilni yozaman va 20 bet kitob o‘qiyman.

3) 20 sahifa aslida ko‘p emas va bunday hajm qo‘rqinchli tuyulmaydi. Aksariyat odamlar 20 sahifani 30 daqiqa ichida o‘qib tugatishadi. Siz ham buni ertalab turgach birinchi navbatda qilsangiz, kun davomidagi shoshilinch yumushlar kitob o‘qishga to‘sqinlik qilmaydi.

4) Har kuni o‘qish uchun aniq bir vaqtni tanlang. Buni ertalab amalga oshirishni maslahat beraman, lekin eng muhimi har kuni bitta vaqtda o‘qishdir.

5) Sahifalar soni bo‘yicha mo‘ljalni belgilab oling. Deylik, xuddi men kabi 20 sahifa o‘qishni maqsad qilishingiz yoki o‘zingizga boshqa raqam belgilashingiz mumkin. Mo‘ljallangan sahifalar soni sizga ko‘p emasdek tuyulishiga ishonch hosil qiling, ya’ni u o‘zingizga yo‘q deya olmaydigan darajada oson bo‘lib ko‘rinsin. Shu bilan birga, muvaffaqiyatga erishayotganingizni his qilishingiz uchun yetarlicha darajada muhim bo‘lsin.

6) Ertaga o‘qish uchun kitobni bugun tayyorlab qo‘ying. Agar ertaga qoldirsangiz, o‘qish vaqtingiz kelganda kitobingiz bo‘lmaydi.

7) O‘qish uchun maxsus joy belgilab oling. Har kuni bir joyda o‘qish bu odatni mustahkamlashga yordam beradi. Uyingizda, o‘qish yoki ish joyingizda sizni chalg‘itadigan narsalardan uzoqroq bo‘lgan qulay joy toping.

8) Eslatma o‘rnating. Taqvim ilovasidan foydalaning yoki qog‘oz shaklida ko‘rinadigan joyga eslatmani ilib qo‘ying. Atrofingizga o‘qishni yodga solib turadigan belgilar qo‘yib chiqing.

9) O‘qishni niyat qilganingiz haqida kimgadir ayting. Odat shakllanishi yoki o‘zgarishi yolg‘izlikda kamdan-kam sodir bo‘ladi. Rejangizni boshqalar bilan bo‘lishganingizda u miyangizda haqiqiy shaklga ega bo‘ladi. Har kuni mana shu vaqtda buncha sahifa o‘qishni rejalashtirganingiz haqida uch kishiga biror yo‘l bilan ayting.

10) Oldingizga qo‘ygan maqsadingizga aloqador kitoblar o‘qisangiz, mutolaa jarayoni hech qachon zerikarli bo‘lib ko‘rinmaydi.

11) O‘qishni biladigan odamga mutolaa odatini shakllantirish qiyin emas. Shunchaki vaqt ajratish kerak, xolos. Albatta, buni aytish oson tuyulishi mumkin.

12) Muhimi, shunchaki ko‘proq kitob o‘qish emas, balki o‘qigan har bir kitobingizdan ko‘proq manfaat olishga intilishdir.

13) Manzur bo‘lmagan kitobni tez va aybdorlik hissisiz tark etishni o‘rganing.

14) Hayot o‘rtacha kitoblarga sarflash uchun o‘ta qisqa. Imkoniyatning narxi esa juda yuqori. Mutolaa uchun yana juda ko‘plab ajoyib kitoblar mavjud.

15) Stripe asoschisi Patrik Kollison «Ayni damda o‘zingizga ma’lum eng yaxshi kitobni o‘qimaslik uchun hayot juda qisqa» degan so‘zlarni bilib aytgan.

16) Sahifalaridagi bilimlarni zudlik qo‘llash imkoniyati bo‘lgan kitoblarni tanlash o‘qilgan materialni yaxshilab tushunishga yordam beradi. O‘qigan g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish yo‘llarini miyangizda tasavvur etish ularni ongingizda saqlashning eng yaxshi usullaridan biridir.

17) Diqqatni jamlash va o‘qigan materialni eslab qolishga motivatsiya beradigan kitoblarni tanlang. Masalan, biznes boshlayotgan bo‘lsangiz, biznesga doir kitoblardan iloji boricha ko‘proq bilim olish motivatsiyasiga ega bo‘lasiz.

18) O‘qiganlaringizni yozib oling. Buni istagan usulda qilishingiz mumkin, ya’ni katta va murakkab tizim bo‘lishi shart emas. Muhim fikrlar va parchalarni ta’kidlash uchun yozib olsangiz kifoya.

19) Men yozib olish usulini kitobni qaysi formatdan o‘qiyotganimga qarab tanlayman. Kindleda o‘qiyotganda parchalarni ajratib saqlab qo‘yaman. Audiokitoblarni tinglaganimda qiziqarli iqtiboslarni yozib olaman. Bosma shaklda o‘qiyotganimda sahifalarga belgi qo‘yaman.

20) Saqlab qo‘ygan qayd, parcha va eslatmalaringizni oson qidiriladigan formatda saqlang. Men qaydlarimni Evernoteda saqlayman, chunki: 1) unda qaydlarni qidirish oson; 2) uni bir nechta qurilmalarda (telefon, Kindl, va boshqalarda) ishlatish qulay; 3) hatto internetga ulanmaganingizda ham qaydlarni yaratishingiz va saqlashingiz mumkin bo‘ladi.

21) Audiokitoblarni 1,25x tezlik tinglayman, biror narsani yozib olmoqchi bo‘lganimda audiokitobni to‘xtataman. Tezroq tinglashim eslatma olishga sarflaydigan vaqtimni muvozanatlaydi, shuning uchun har bir kitobni tinglashga bir xil vaqt sarflayman.

22) Do‘stlarim va o‘quvchilarim audiokitoblarni 2x yoki 3x kabi aql bovar qilmaydigan tezlikda tinglashni maslahat berishadi. Balki miyam sekinroq ishlar, lekin bu men uchun juda tez. Qolaversa, kitoblarni bunday tezlikda shoshilib o‘qish noto‘g‘ri yondashuvdan dalolat beradi, maqsad kitob nima haqida ekanligini chuqur tushunishdan emas, ro‘yxatdagi kitoblarni «o‘qidim» deya belgilab chiqishga o‘xshaydi. Maromida tinglab tushunganim afzalroq.

23) O‘qiyotgan kitobim va o‘rganayotgan saboqlarimni miyamdagi allaqachon mavjud g‘oyalar bilan bog‘lashga harakat qilaman.

24) Mutolaa jarayonida boshqa mavzuni eslatuvchi yoki g‘oyani uyg‘otadigan biror narsani o‘qisangiz, bu fikrning shunchaki kelib-ketishiga yo‘l qo‘ymang, o‘rgangan narsalaringiz va uning boshqa g‘oyalar bilan qanday bog‘lanishi haqida yozib qo‘ying.

25) Kitobni tugatgandan so‘ng, men butun matnni uchtagina jumlada umumlashtirishga intilaman. Bu cheklov, albatta, shunchaki ermak, lekin bu menga kitobda aynan nima muhimligini eslab qolishga majbur qiladi.

26) Xuddi shu mavzudagi turli xil boshqa kitoblarni o‘qing. Bitta muammoga turli mualliflarning nigohi orqali nazar tashlang.

27) Zo‘r kitoblarni ikki marta o‘qing. Faylasuf Karl Popper aytganidek: «O‘qishga arzigulik kitob uni nafaqat ikki marta o‘qishga, balki qayta-qayta o‘qishga ham arziydi».

28) Agar kitob arzigulik bo‘lsa, unda siz qayta o‘qish jarayonida doimo yangi kashfiyotlar qilishingiz va avval sezmagan narsalarni topishingiz mumkin bo‘ladi.

29) Yaxshi kitoblarni qayta ko‘rib chiqish foydali, chunki siz duch keladigan muammolar vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Kitobni qayta o‘qiganingizda, ehtimol, nafaqat birinchi mutolaada o‘tkazib yuborgan narsalarni bilib olasiz, balki yangi parchalar va g‘oyalarni ham kashf etasiz. Hayotingizning qaysi nuqtasida ekanligingizga qarab, turli xil jumlalar sizga yanada jozibali tuyulishi tabiiy.

30) Birgina kitob hayotingizni o‘zgartirish ehtimoli katta emas. Balki u bir lahzagagina miyangizda chiroq kabi g‘oyalarni yoqar, lekin asosiysi, har kuni oz bo‘lsa-da nimadir o‘rganish maqsadini qo‘yishdir.

31) Garchi har bir mutolaadan yangi narsa o‘rganmasangiz ham, yaxshi kitoblar ularni qayta o‘qib chiqishga munosib, chunki g‘oya va fikrlarni eslab qolish uchun ularni takrorlash kerak.

32) Agar siz kitob o‘qish orqali ko‘p narsalarni o‘rganishingiz mumkin, deb hisoblasangiz, kitob yozishga ham harakat qilib ko‘ring.

33) Ko‘proq yangi kitoblar o‘qishni boshlang. Yoqmaganlaridan voz keching. Yaxshilarini qayta o‘qing.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Китоб укишни ектирмайдиганла боми узи?

  2. Тимур

    Манимча одам китоб укимаса, фикрлаш кобилияти камаяди

  3. Aziza

    Man kuniga azgina azgina uqiwga harakat qilaman, kitob uqib, an4a narsalarni bilib oldim smile

  4. Shoxista

    Maslaxatlar uchun rahmat

  5. Mohira

    Kitob o’qish, uydan dunyoni ko’rish imkoniyatini beradi

  6. Alisher

    Juda uzun tekst ekan dash

  7. Alisher

    Erindim o’qishga

  8. Dilbar

    Yaxshi narsalar yozilgan

  9. Anonim

    Zo’r, rahmat

  10. Mahmu

    good

  11. Farruh

    Rahmat smile

  12. Komilaxon

    Kitob o’qish juda muhim

  13. Jamshid

    Yaxshi, rahmat

  14. Izzat

    Kitob o’qishni yoqtirmayman, lekin audio variantda tinglayman

  15. Anonim

    Uxlashdan oldin har kuni kitob o’qiyman

  16. Anonim

    heart

  17. Marufbek

    good like

  18. Anonim

    good good good good good

  19. Humoyun

    Juda to’g’ri yozilgan, rahmat.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social