Savodsiz o’qishni o’rgatolmaydi va ko’rsichqon burgutni tarbiya qilolmaydi!

Savodsiz o’qishni o’rgatolmaydi va ko’rsichqon burgutni tarbiya qilolmaydi!

Buni o’qing: Savodsiz o’qishni o’rgatolmaydi va ko’rsichqon burgutni tarbiya qilolmaydi! Qaytarib o’qing. Bu nimani anglatishini bilasizmi? Avvalo, o’zimizga emas, balki bolalarimiz uchun har kuni rivojlanishimiz kerak!

Sharqona donolik bu haqida shunday deydi:

Donishmand yo’l bo’ylab ketar, dunyo go’zalligini ko’rar edi va hayotdan zavqlanardi. To’satdan u og’ir yuk ostida bo’lgan baxtsiz odamni ko’rdi.

– Nima uchun bunday azob-uqubatlar chekyapsiz? – deb donishmand so’radi.

– Men farzandlarim va nabiralarimning baxti uchun azoblanaman, – deb javob berdi o’sha odam. – Mening katta bobom bobomning baxtiga, bobom otam baxtiga, otam mening baxtim uchun azob chekkan. Bolalarim va nabiralarim baxtli bo’lishlari uchun, men butun hayotimda azob chekaman.

– Sizning oilangizda kimdir baxtli bo’lganmi? – dedi donishmand.

– Yo’q, lekin mening bolalarim va nabiralarim albatta baxtli bo’ladilar! – dedi baxtsiz odam.

– Savodsiz o’qishni o’rgatolmaydi va ko’rsichqon burgutni tarbiya qilolmaydi! Birinchi navbatda o’zingiz baxtli bo’lishni o’rganing, keyin siz farzandlaringiz va nabiralaringizni qanday baxtli qilishni tushunasiz! – dedi donishmand.

Shunday ekan, farzandlaringizga qanday yordam bera olasiz? Nima o’rgatish kerak? Bu haqida o’ylab ko’ring.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Soliha

    SAVODSIZLIK HAQIDA FIKRLAR JUDA O’RINLI CHUNKI MAKTAB O’QUVCHILARIDAN HARF VA TOVUSH O’RTASIDAGI FARQNI YOKI IFODALANISHINI SO’RASANGIZ 90-95% 2 BAHO QO’YASIZ .

  2. Soliha

    Savodsizlik oiladan, ta’lim muassasalaridan boshlanmoqda oddiygina qo’shtirnoq ostidagi o’qituvchilarning savodsizligini ko’rib hayratdan yoqa ushlaysiz bilim ziyosini tartuvchi muallimlarda shunday holat bo’lsa o’quvchilaridan nima kutish mumkin?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social