Jahldor odamga siz qanday javob berasiz?

Jahldor odamga siz qanday javob berasiz?

Yaponiyaning bir qishlog’ida bir qari va dono samuray yashagan ekan. Bir kuni u o’z shogirdlari bilan mashq o’tkazayotganda uning yoniga yosh jangchi keldi, jangchi juda qo’pol va qahri qattiq edi. Uning sevgan ishi ig’vogarlik edi: u raqibini o’ziga chaqirar va jahlga to’lgan raqiblari uning chaqiruvni qabul qilar va natijada ular yutqazar edi.

Yosh jangchi qari samurayni haqorat qilishni boshladi: unga toshlar otdi, tupurdi va yomon so’zlar bilan haqoratladi. Ammo qari samuray juda tinch edi va mashqni davom ettirdi. Oxirida charchagan va g’azablangan yosh jangchi ketdi. Ustozning shogirdlari samurayning shuncha haqoratlarga chidaganidan hayron qolishdi va so’rashdi:

-Nimaga siz uni jangga chaqirmadingiz? Nahotki siz mag’lubiyatdan qo’rqdingiz?

Qari samuray shunday javob berdi:

-Agarda sening yoningga sovg’alar bilan kelishsa va sen uni qabul qilmaysan, shunda sovg’a kimda qoladi?

-Oldingi xo’jaynida qoladi –  deb javob berishdi shogirdlari.

-Huddi shu narsa hasad, g’azab va haqoratlarga tegishlidir. Ularni o’zinga qabul qilishdan oldin, ular olib kelgan insonga tegishli bo’ladi!

O’zbeklarda shunday maqol bor: “Jahl kelganda, aql ketadi”! Ko’plarimiz shu maqolni yaxshi bilamiz va ba’zida kimdir bilan urushganimizdan keyin uni bahona qilib ishlatamiz. Ammo bir dono inson shunday degan edi va men uning gapiga 100% qo’shilaman:

“Har qanday janjalkashlik, gina–qudurat, qahru g‘azab, g‘iybatchilikni hamda boshqa har xil yomonliklarni o‘zingizdan uzoqlashtiringlar. Bir–biringizga nisbatan ko‘ngilchan va mehr–shafqatli bo‘linglar. Bir–biringizga kechirim beringlar.”

Sizchi? Sizga jahl qilgan yoki g’azablangan insonga qanday javob berasiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social