Jahon chempionati hakamlaridan biri 25 yildan buyon axlat yig’uvchi bo’lib ishlaydi

Jahon chempionati hakamlaridan biri 25 yildan buyon axlat yig’uvchi bo’lib ishlaydi

2018-yilga Jahon chempionatiga Panamalik hakamlar guruhi ajoyib bir hikoya bilan kelishadi. 25-yil davomida ko’chalarda axlat yig’ishtirib kelayotgan Gabriel Viktoriya (suratning o’ng tarafidagi inson) bosh hakam yordamchisi bo’ladi.

Ko’pgina mamlakatlarda bo’lgani kabi Panamada ham, hakamlarning maoshlari kam va ular faqat hakamlik qilgan o’yinlari uchun pul olishadi halos. Gabrielning so’zlariga ko’ra, bu olgan pullari yaxshi yashash uchun yetarli emas ekan.

Futbolda ishlash orzusidan voz kechmasdan va shu bilan birga och qolmaslik uchun ham, Gabriel 1993-yil axlat yig’uvchi bo’lib ishga kiradi. Shundan beri uning ish kuni quyidagicha ko’rinadi:

03:40 – Uyg’onish

05:00 – Ish boshlash

17:00 – Futbol maydonidagi mashg’ulotlar.

“Meni hech narsa bezovta qilmaydi va men ikki kasbni ham yaxshi ko’raman. Menda hech qanday bezovtalik yo’q va hamkasblarim bilan ham muommo yo’q”- deb Gabriel aytib o’tdi.

Bunday ish Victoriyani eng yuqori cho’qqilarni zabt etishiga to’sqinlik qilmagan. U 2015-yilda Jahon U-20 da, 2017-yilgi U-17 Jahon Kubogida va AQSH da bo’lib o’tgan Amerika kubogi-2016 da ishladi.

Viktoriya 2018-yilgi jahon chempionati hakamlar tarkibiga kirgandan so’ng, unga tabriklar va so’rovlar bilan murojaat qilishdi. Hatto, uning do’stlaridan biri Jahon chempionati dastlabki o’yinidagi futbolkasini berishini so’ragan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social