Juftingizni burjiga qarab tanlang

Juftingizni burjiga qarab tanlang

Har bir burj belgisi o`zini nikohda yoki oddiygina shaxsiy hayotda mutlaqo turlicha namoyon qiladi. Quyida keltirilgan munajjimlar bashorati qaysi burj vakillari yaxshi er yoki xotin bo’lishi haqida aytib beradi.

Qo’y (21 mart – 20 aprel)

Xotin:

Osongina sevib qoladi, lekin tez sovuydi. Shunga qaramasdan chin yurakdan sevib qolsa, umrining oxirigacha shunday qoladi. Mavqetalab, erini muvaffaqiyatga da`vat etadi. Uning bilan munosabatda ehtiyot bo`lish zarur.

Er:

Faqat 30 yoshdan keyin donolik kasb etadi, bunda jozibali va saranjom-sarishtali bo`ladi. Shu bilan birga u xotinini boshiga ko`taradi, kamdan-kam uni tanqid qiladi. Ammo ko`pincha unga qat`iyat etishmaydi.

 

Buzoq (21 aprel – 21 may)

Xotin:

Uning xarakteri engil, shu bilan birga u juda amaliyotchan. Eriga o`zining yaxshi bekalik sifatlarini ko`rsatadi, G`amxo`rlik, uy xotirjamligini ta`minlaydi. Ammo evaziga moddiy va ma`naviy qoniqtirishni talab qiladi.

Er:

Unga sevgidagi muvaffaqiyatdan ko`ra, nikoh muhim. Yaxshi er: ishonchli, sadoqatli, o`z uyining haqiqiy xo`jayini. Bir vaqtning o`zida kamgap va shubhali, lekin xotini to`g`ri yondashsa osongina tuzatish mumkin.

 

Egizaklar (22 may – 21 iyun)

Xotin:

Latofatli, topqir, birinchi o`ringa go`zallik va muhabbatni qo`yadi va undan keyin ikkinchi uy. Yaxshi ona. Bolalar haqqi o`z hissiyotini jilovlay oladi.

Er:

Uning shiori: “Muhabbat – o`yin”. Iqtidori rivojlangan va taassurotli. Xushomadgo`ylikni yaxshi ko`radi, to`g`ri, oilasi va sha`nini qadrlagani uchun kam hollarda shunday qiladi.

 

Qisqichbaqa (22 iyun – 23 iyul)

Xotin:

Ideal, sadoqatli xotin va ona. Eridan ko`ra bolalarini ko`proq sevadi. A`lo darajadagi uy bekasi, ehtirosli ma`shuqa, biroq o`ta rashkchi va molparast.

Er:

Uning uchun sevgisiz hayotning ma`nosi yo`q. Butun borliqni ehtiros va tuyg`ularga bag`ishlaydi. O`zgaruvchan kayfiyatli (sovuqqonlikdan “portlash”gacha), bu xotiniga ham o`tishi mumkin. Ammo bu ko`pincha uyda bo`ladi, o`zi namunali er.

 

Arslon (24 iyul – 23 avgust)

Xotin:

Juda latofatli va ehtirosli. Yaxshi beka, mas`uliyatli, ammo o`ziga doimiy e`tiborni talab qiladi. O`zining moddiy ahvoliga o`ta talabchan. Agar eri bilan munosabatlari chiqisha olmasa, g`amxo`rligini butunlay bolalarga qaratadi.

Er:

Romantik, ammo xotinidan tashnalik bilan yaxshi ko`rishini istaydi. Saxovatli, sovg`a qilishni yaxshi ko`radi. Bag`ri keng, lekin o`ta rashkchi. Ko`pincha hissyotchan.

 

Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr)

Xotin:

Hissiyotidan sinchkovligi ustunlik qiladi. Haddan tashqari sog`ligiga qayg`uradi, shuningdek uy-joy sarishtaligini yoqtiradi. Eriga va bolalariga g`oyat e`tiborli, g`amxo`r beka.

Er:

Ikkife`lli va ziddiyatli odam: sovuqqonligi hissiyotchanligi bilan qo`shilib ketadi. Tanqiddan juda qo`rqadi. Optimist, o`z xotinini yaxshi ko`radi. O`z fe`lini to`liq tushunganliklarini bilsa, oilaga butun borlig`ini bag`ishlaydi.

 

Tarozi (24 sentyabr – 23 oktyabr)

Xotin:

Hissiyotchan, lobar va buni aytishlarini yoqtiradi. Agar bunday bo`lmasa iztirobi kuchayishi mumkin. Rashkchi, ko`pincha birinchi o`ringa uy xotirjamligini, keyin sevgini qo`yadi.

Er:

Eng sadoqatli er bo`lsa ajabmas. Uning tuyg`ulari qadrlanganda juda baxtiyor, shu bilan birga oilaviy hayotga juda yuqori talablar qo`yadi. Vaqt-vaqti bilan unga e`tibor va tinchlik berish zarur.

 

Chayon (24 oktyabr – 22 noyabr)

Xotin:

Tinib-tinchimas, bir xildagi hayot va unda sokin oqish unga yot. Ehtirosli, sezgir, xiyonatni kechirmaydi. Bolalarga sevgini davomi sifatida qaraydi.

Er:

Ishqiy ehtiros timsoli hisoblanadi. Hukmdor. Muhabbatga borlig`ini bag`ishlaydi. Baxtsiz nikohda o`ta shafqatsiz. Molparast va rashkchi. Ammo xotini va bolalari haqi uchun o`zini qurbon qilishga tayyor, hayotning barcha go`zalliklarini oilaga baxsh etishi mumkin.

 

Yoy (23 noyabr – 21 dekabr)

Xotin:

Boshqa burjlarga nisbatan romantikaga moyil. Eri uchun u birinchi navbatda yaxshi do`st va o`rtoq. Mehmondo`st uy beka. Eridan ham erkinlik berilishini talab qiladi. Uy xotirjamligini qadrlaydi.

Er:

Ochiqko`ngil va xushmuomala. Sevgida otash, ammo ko`pincha oila birinchi o`rinda emas (ishdan farqli ravishda). Xotinidan erkinlik berishni va uning qiziqishlarini baham ko`rishni talab qiladi. A`lo darajadagi ota.

 

Tog’ echkisi (22 dekabr – 20 yanvar)

Xotin:

Uddaburon va obro`li erga ega bo`lishga intiladi. Shu bilan birga o`ta vafodor xotin. Tanqidni ko`tarmaydi. Ko`pincha uy xotirjamligiga sevgining bosh isboti deb qaraydi.

Er:

Juda uddaburon, yolg`izlikni yomon ko`radi. Ishonchli, uyda etakchilikka intiladi. Kamgap, o`z qilmishlarini so`z bilan emas, his-tuyg`ulari bilan ifodalaydi. Ko`pincha o`z muhabbatini xotini va bolalari bilan baham ko`radi: hammaga oz-ozdan tegadi.

 

Qovg’a (21 yanvar – 19 fevral)

Xotin:

O`z tanlaganiga so`rovlari yuqori, barqarorlikka ehtiyoji katta. Sevimli ona va beka, yaxshi pazandalikni qadrlaydi. Ma`naviy hayotga e`tirozi ko`p. Shubhalanishlardan xoli.

Er:

Ko`pincha idealist ko`rinadi. Sevgida sobit va sadoqatli. Rashkchi emas, osongina murosaga keladi. Xotinidan tez-tez o`z qiziqishlariga o`xshash qiziqishlarni talab qiladi. Ammo sevgi uning uchun yagona jon ozig`i emas, balki hayoti mazmuni.

 

Baliq (20 fevral – 20 mart)

Xotin:

Asosiy sha`ni – erini tushunish va butun borlig`ini muhabbatga baxsh etish qobiliyati. Sadoqatli va vafodor. Ko`pincha xushomadgo`y. Ehtirosli sevgiga qaraganda, uy va bolalar uning uchun muhimroq. Uning uchun baribir hamma narsadan ustun – tinchlik-xotirjamlik, eri va bolalari baxti.

Er:

Ehtirosli, jismoniy va ma`naviy sevgiga talabi katta. Ko`pincha ikkilanuvchan. Saxiy, o`z xotinini ma`budaday ko`radi. Hech qachon xotiniga buyruqbozlik qilmaydi, aksincha, uni hayotning tayanchi deb biladi.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bo’magan narsa, kim bulaga iwonadi? 21 asrda

  2. Lena Kuka! rofl

  3. Men ham iwonaman, men Arslonman, yaxshi ko’rgan insonim Baliq smile

  4. juda qiziq… lekin bunga iwonadiganla kam b6sa kere unknw

  5. Shodiya

    Men 4ayon yigitim esa q6y, biz t6gri kelamizmi bir birimizga?

  6. Bunaqa narsalarga ishonishdan k6ra, odamla bir biriga ishongani yaxshiroq b6lardi

  7. g’alati narsalar haqida yozibsizlar, hayronman

  8. Тимур

    укиб роса кулдим а так rofl

  9. Sumayya

    Shunaqa disilayu kimdir shunga ishonadi.Ishommidigalla ishonuvchilani tanqid qladi.Birov birov bilan ishi boʻlishi kere faqat bemahaldamasdeee

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social