Kayfiyatingizni o’zgartiradigan bir so’z!

Kayfiyatingizni o’zgartiradigan bir so’z!

Va bu so’z juda oddiy: “ZAVQ”.

Kayfiyatingizni ko’tarish uchun oddiy va yengil narsa qiling: masalan, o’zingizga mazali qahva oling, sevimli shirinligingizni sotib oling yoki yaxshi narsalarni qiling. Sizning kayfiyatingiz nolga yaqinlashib qolishi bilanoq, og’ir fikrlar yoki qiyinchiliklar sizni g’azablantiradigan bo’lsa, zudlik bilan boshingizga “ZAVQ” so’zini chaqiring va uni o’zingizga yetkazing.

Siz telefoningizda ZAVQ so’zi bilan eslatma yozing va telefoningizni ekranida birinchi bo’lib ko’rinib tursin. To’g’ri, bu narsa ayrim kishilarni bezovtalashi va chalg’itishi mumkin, lekin siz harakat qilib ko’ring. Bu narsa orqali siz atrofingizdagi go’zal narsalarni ko’rishingiz mumkin.

Misol uchun, siz do’stlaringiz bilan kafeda o’tiribsiz. Keyin telefon ekranida “ZAVQ” so’zi paydo bo’ldi. Ko’zlaringizni ko’tarib, do’stlaringizning yuziga qaraysiz. Kimdir tabbasum qilib o’tiradi, biri chashkada issiq qahva ichib o’tiradi, kimdir matnli xabar yuborish bilan ovora. Shu nuqtada hayotni “yuqori o’lchamdagisini” ko’rishingiz mumkin. Undan zavq oling.

Bu so’zga qayting – ZAVQLANISH – va dunyo har qanday vaqtda yangi ranglarga ega bo’ladi:

  • nonushta qilayotganda
  • itni aylantirib yurganda,
  • qarindoshlaringizga qo’ng’iroq qilganda,
  • hatto metro yoki avtobusda.
  • Va hakazo…..

Bu so’zni takrorlang “ZAVQ” va dunyo juda “ZAVQLI” bo’ladi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sevinch

    Bu juda juda ajoyib.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social