Tadbirkor Darius Foroux o’z blogida siz uchun zarur bo’lgan odatlarni rivojlantirishni va ularga qanday sodiq qolishni aytib o’tdi.
1. Sizga kerak bo’lgan odatlarni aniqlang
Biz ba’zi foydali odatlar haqida eshitamiz va darhol hayotimizga qo’shishga qaror qilamiz. Lekin o’ylab ko’ring, bunga muhtojmisiz? Ho’sh, siz ertalab beshda uyg’onishingiz, yugirishingiz yoki sabzavotlarni iste’mol qilishingiz kerakmi?
Ehtimol, siz uchun erta turish juda foydali bo’lar. Ehtimol, siz ertalab o’zingizni g’azablangan va vaysaqi his etarsiz va bu butun kunni buzishi mumkindir. O’zingizdan so’rab ko’ring, bunday odat sizning hayot sifatigizni oshiradimi?
Bundan tashqari, o’zgarish uchun ishonchli sabab bo’lishi kerak. Masalan, haftada bitta kitob o’qishni istaysiz, lekin nima uchun bunga ehtiyoj bor? Bu sizga nima beradi? Qanday qilib maqsadga erishish mumkin? Buni o’ylab ko’ring va istalgan natijaga yaqinlashtiradigan odatlarni tanlang.
2. O’z navbatida odatlar bo’yicha ishlang
Ba’zan o’zingizdagi barcha narsalarni birdan o’zgartirmoqchi bo’lasiz. Siz ko’proq o’qishga, samarali ishlashga, to’g’ri ovqatlanishga, sport bilan shug’ullanishga qaror qildingiz. Bunday holda, g’ayratni ozgina kamaytirish yaxshiroqdir. Bir vaqtning o’zida juda ko’p odatlarni qilmoqchi bo’lsangiz, o’zingizga keraksiz stressni yaratasiz.
Biz o’z kuchimizga ishonamiz. Biz qisqa vaqt ichida ko’p narsaga erisha olamiz deb o’ylaymiz. Bu unday emas. Ammo uzoq vaqt davomida buni sinab ko’rish mumkin. Shunday qilib, ma’lum bir odatga e’tibor bering, uni mustahkamlang. So’ngra, keyingisiga o’tsa bo’ladi.
3. Tezlikni oshirib yubormang
Tez o’zgarishga urinmang. Kichikdan boshlang:
Yugurishni xohlaysizmi? Yurish bilan boshlang.
Kitob yozmoqchimisiz? Bir qatordan yozing.
Siz biznes boshlashni xohlaysizmi? Eng kamida bitta mijozni toping.
Haftada ikkita kitob o’qishni xohlaysizmi? Kuniga bir betdan boshlang.
Pulni tejashni xohlaysizmi? Faqat bir marta kiyiladigan kiyimlarni xarid qilmang.
4. Tekshirish ro’yxatlaridan foydalaning
Shunday payt bo’ladiki, siz yangi odatni rivojlantirishga kirishasiz, lekin tez orada bu haqida unutib qo’yasiz. Hayotda juda ko’p kutilmagan vaziyatlar mavjud. Agar bir yoki ikki kunni o’tkazib yuborsangiz, hech qisi yo’q deb o’ylashingiz mumkin. Lekin bu oddiy narsa emas. Agar muntazamlikni unutib qo’ysangiz, odat shakllanmaydi. Tekshiruv ro’yxatlaridan foydalaning, nimaga erishmoqchiligizni o’zingizga eslatib turing va natijalaringizni kuzating.
Unutmangki, siz odatdagidan yaxshiroq bo’lish uchun odatlarni rivojlantirasiz. Kundalik tekshiruvlar ro’yxatida ularning bajarilishini qayd qiling. Va bir kun siz odatdagi oddiy odatlar tufayli hayotingiz qanchalik o’zgarganiga hayron bo’lasiz.