Xiaomi har qanday iPhone va Android smartfoniga mos keladigan USB kabelini chiqardi

Xiaomi har qanday iPhone va Android smartfoniga mos keladigan USB kabelini chiqardi

Xiaomi kompaniyasi “uchta bir” universal USB kabelini e’lon qildi, u iPhone 5 dan boshlab iPhone ning har qanday telefoniga va har qanday Android smartfonlarga ulanishi mumkin.

Foydalanuchi qopqoqlarni o’zgartirgan xolda uchta eng keng tarqalgan ulagichlardan birini tanlashi mumkin: microUSB, USB Type-C yoki Lightning.

Kabel metall qoplamaga ega va uzunligi 1 metrni tashkil qiladi. Tok quvvati – 5V/2,4A. Aksessuarlar 59 yuanga yoki taxminan 9 dollarga sotiladi. USB kabel Xiaomi veb-saytida sotiladi, lekin uni yetkazib berish boshqa kompaniya (Shenzhen Xingka Intelligent) tomonidan amalga oshiriladi.

Kabel MFi litsenziyalash dasturi bilan etiketlanadi, ya’ni u Apple tomonidan sinovdan o’tgan va tasdiqlangan degan ma’noni anglatadi. Bundan tashqari, Lightning-ulagichi iOS-da avtomatik ravishda yangilanib turadigan haqiqiy Apple chipiga ega.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    Woow. zo’r ekanu, bitta olish kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social