Mana janjal bo’lib o’tdi, bir-birlariga juda ko’p kerak bo’lmagan gaplarni gapirishdi. Keyin ular o’zlariga kelishdi, bularning barchasi shu janjalga loyiq emasligini anglab yetdilar. Ehtimol, ular yarashib ham olishdi.
Va kechirim so’rash vaqti keldi, lekin … Har kim o’z haqligini talab qiladi, har kim o’zini beg’araz va gunohsiz deb his qiladi, ikkinchi sherigini esa hammasini boshlagan va aybdor deb o’ylaydi.
Va qurilgan nozik tinchlik buzilgani uchun hech kim kechirim so’ramaydi.
Qanday bo’lish kerak?
Juda oddiy – har doim ikkalasi ham uzr so’rashlari kerak.
Kim boshlagani muhim emas. Janjalni har ikkalasi ham (xoh istamasdan, xoh tasodifiy, xoh qasddan) boshlaganini tushinish muhimdir. Kimdir ovozini ko’targan bo’lsa, kimdir yoqimsiz so’zlarni ishlatgan, kimdir bu so’zlar bilan haqorat qilgan, kimdir haqoratga g’azablangan … Bu muhim emas. Siz ikkalangiz ham bu janjalni yaratdingiz.
Janjal – bola kabidir. Uni paydo bo’lishi uchun ikki kishi kerak. Shuning uchun ikkalasi ham kechirim so’rashi kerak.
Shunday deb ayting: “Kechir, men g’azablanib ketdim”, “Kechir, jaxlim chiqdi”, “Kechir, men bunday gapirmasligim kerak edi”, “Kechir, men buni qilishim kerak emas edi”.
Birinchi navbatda kim kechirim so’rashi mutlaqo asossiz. Ikkinchi inson bu uzrlarni qabul qilib, javob uchun darhol uzr so’rashi kerak. Darhol. Hoziroq. Birdaniga. Bu juda muhimdir.
Hatto farzandlarimga ham shuni o’rgataman – kechirim har doim o’zaro bo’ladi. Sendan kechirim so’rashdimi – sen ham kechirim so’ra. O’zingni aybdor his qildingmi, yo’qmi – kechirim so’ra.
Bunday narsalarni bolalikdan o’rganish kerak, lekin agar buni o’tkazib yuborgan bo’lsangiz, endi – boshlash vaqti keldi. Sizning tojingiz kechirimdan hech qayerga yo’q bo’lmaydi, lekin munosabatlar juda yaxshi bo’ladi.
Nega kechirim so’rash muhim? Chunki bu sheriklar va juftliklar o’rtasidagi munosabatni muvozanatga keltiradi. Sheriklaridan biri kechirim so’ragan bo’lsa va janjalni boshlaganini tan olsa, lekin ikkinchisi bunday qilmasa muvozanat buziladi. Shuning uchun ikkala tomon kechirim so’rashi kerak – u juftliklar o’rtasidagi muvozanatni tiklaydi.
Xulosa. Ikkala tomon ham janjalni yaratadi, shuning uchun ikkalasi ham kechirim so’rashlari kerak. Bu baxtli munosabatni yaratish uchun juda muhimdir. Agar uzr so’rashni xohlamasangiz, kuch-g’ayrat yig’ib kechirim so’rang. Ayniqsa sizning juftingiz kechirim so’ragan bo’lsa va qolgani sizga bog’liq bo’lib qoladi.