Ko`k va qizil ko`z oynakning farqi nimada? davomi…

Ko`k va qizil ko`z oynakning farqi nimada?  davomi…

Ularningfikrlash doirasi turlicha. Ayollar qalbi bilan, yuragi bilan o`ylaydi, erkaklar esa faktlarga tayanib xulosa qiladilar. Agar erkak bir muammoni hal qilish uchun etarlicha faktlarga ega bo`lmasa, u xulosa qilishda yanglishadi, shunda ayolning yuragi, qalbi to`g`ri yo`l ko`rsata olishi mumkin, va aksincha ayol hissiyotlarga berilib baxo bersa, erkakning faktlarga tayanishi ayolga yordam beradi. Demak, ayol va erkakning fikrlashi turlicha, ammo ular shu hislatlari orqali bir-birini to`ldirib turadilar.

Ularning muxtojliklari xar xil. Erkak kishining eng asosiy muxtojliklaridan biri bu jinsiy aloqadir. Erkak kishining miya faolyaitini 60% faqat jinsiy aloqa xaqida fikrlaydi. Ayollarning asosiy muxtojliklari esa, bu-gapirish yoki ko`p suhbatlashishdir. Shuning uchun ular gapirishni va suhbatlashishni yaxshi ko`radi. Ayol gapirishdan hech qachon charchamaydi. Shuning uchun ayollarni ko`proq eshitish zarur. Bu erkak va ayoldagi tabiatan bor bo`lgan hususiyatlardan biridir.

Ular turlicha qaror qabul qiladilar. Ayollar ko`p hollarda qaror qabul qilishni istamaydi va aksincha turmush o`rtog`ining qaror qabul qilishini kutadilar. Erkak esa qaror qabul qilishda ayolini ranjitib qo`yishdan qo`rqadi va ayolini fikrini so`raydi. Shuning uchun ayollar maslahat berishi, erkaklarni esa so`ngi qarorni qabul qilishi maqsadga muvofiq bo`ladi.

Shunday ekan, erkak va ayolning xayoti davomida yaqin munosabati hamda ochiq suhbatlari, bir-birlarini o`rganishga yordam beruvchi omillardan biridir. Erkak va ayolining xar xilligi, ularni bir biridan ajralish uchun emas yaralmagan,  aksincha ular bir birlarini to`ldirish, sevish va sevilish uchun yaralgandir.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilmurod

    Ajoyuib maqola. Xar bir oila azosi ermi ayoli albatta o’qishi kerak.

  2. Шахноза

    Қани эди эрларимиз хам шуни тушинишса, яхши бўларди.

  3. Гулноз

    Шахноза манимча шу фарқликни эримз эмас, балки сиз кўзпроқ тушунсангиз яхштроқ бўлади беб ўйлайманю Чунки сизнинг ўзгарганингизни кўрган турмуш ўртоғингиз, ўзгариши аниқ

  4. rustambek

    WOW mavzuga gap yoq! xammasi togri va londa aytib utilgan! rahmat,juda kerakli malumot )))

  5. Номаълум

    Ko’k va qizil ko’z oynakning farqi ularning rangida. Erkak va ayolning farqi ulraning miyasida va fikrlashidadir!!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social