Konfutsiy – Xitoydan chiqqan qadimgi donishmand va faylasufdir, u uyg’un jamiyatni qurish g’oyasi bilan chiqqan insondir.
Bugungi kunga ham to’g’ri keladigan maslahatlari bilan juda mashhur bo’lgan ajoyib inson sanaladi.
Uning maslahatlarini kitoblarda, Internet olamida namoyish qilishadi. Uning so’zlari hayotni yaxshi davom ettirishga kata yordam beradi….
1. Hayotingizda nima qilsangiz ham, uni butun qalbingiz bilan qiling.
2. Sizning to’xtab qolmasligingiz muhim, sekin borishingiz muhim emas.
3. Agar kimdir orqangizdan tupursa, demak siz ulardan oldindasiz.
4. Sizdan ko’ra yaxshiroq bo’lgan do’stlarni tanlang.
5. Siz nafratlangan inson, sizni allaqachon mag’lub etgan.
6. Uch narsa hech qachon qaytib kelmaydi – vaqt, so’z va imkoniyat. Shuning uchun: vaqtni sarflamang, so’zlarni tanlang, imkoniyatni boy bermang.
7. Agar siz g’azablansangiz, harakat qilishingizdan avval qanday oqibatlarga olib kelishini o’ylang.
8. Agar siz maqsadga erisha olmasangiz, maqsadni o’zgartirmang – harakatlaringizni o’zgartiring.
9. Muvaffaqiyat – tayyorgarlikka bog’liq, tayyorgarliksiz sizni muvaffaqiyatsizlik kutishi aniq.
10. Ikki kishi bilan birga bo’lsam, ularning har biri men uchun o’qituvchi sifatida xizmat qilishi mumkin. Men ulardagi yaxshi narsalarni izlayman va ularga taqlid qilaman. Yomon narsa ko’rsam, uni o’zimda tuzatishga harakat qilaman.
Tushunarsiz jumlalar ko’p ekan
жуда хам ажоиб гаплар экан
Agar uning bulishi muhum bulsa muhimi bulish
Konfutsiyda juda xikmatlar ko’p ammo o’zbek xikmatlaridek hayotiy emas