Kuzda kuzatiladigan charchoq va holsizlik bilan qanday kurashish mumkin?

Kuzda kuzatiladigan charchoq va holsizlik bilan qanday kurashish mumkin?

Charchoq, holsizlik va kayfiyat yomonlashishidan tashqari, kuzda avitaminoz yoki gipovitaminoz ham kuzatiladi. The Symbol nashri organizmga bu vaqtda qanday yordam berish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Parhezli muolaja

Ratsionda sog‘lom, rang-barang, yog‘, oqsil va murakkab uglevod hamda kletchatkalardan iborat balansli mahsulotlar o‘rin olishiga e’tibor qarating. Kuzgi taomnoma vitamin, mikroelementlar va immunitetni mustahkamlaydigan antioksidantlarga boy bo‘lishiga e’tibor bering. Tarkibida C vitamini, rux moddasi, magniy va omega-3 yog‘ kislotasiga boy mahsulotlarga e’tibor qarating.

Sog‘lom turmush tarzi

Birinchi navbatda chekish va spirtli ichimliklardan voz keching. Keyin esa ratsionni ko‘rib chiqing, toz havoda sayr qiling, sport bilan shug‘ullaning. Suv balansi me’yorda bo‘lishiga e’tibor qarating.

Kuningizni tartib bilan rejalashtiring

7-8 soat to‘liq uxlashga harakat qiling. Profilaktika maqsadida polivitaminli, mineral va mikroelementlarga boy komplekslar qabul qilsa ham bo‘ladi. Shu bilan birga, o‘zboshimchalik qilmaslik, shifokor ko‘rsatmasiga amal qilish zarur. Vitaminlar yetishmasligi organizmning maksimal darajada susayganida kuzatiladi. Bu, ayniqsa, bolalik, o‘smirlik va homiladorlik hamda laktatsiya davrida seziladi.

Har bir vitaminning yetishmasligi turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, A vitamini yetishmaganda ko‘rish qobiliyatida muammo, terining qurishi, tishlar sarg‘ayishi kuzatiladi. Ushbu tanqislikni qoplash uchun ushbu vitaminga boy mahsulotlar: jigar go‘shti, dengiz mahsulotlari, qorag‘at, o‘rik, sabzi va ismaloqni kanda qilmaslik kerak.

B1 vitamini yetishmaganda esa terining qurishi va qichishi kuzatiladi. Mushaklarning zaiflashishi, yurak ritmining buzilishi, nafas olish bilan bog‘liq muammolar va ishtahaning yomonlashishi bundan darak beradi. Shu sabab xamirturushli, non mahsulotlari, un va vitaminli komplekslarni qabul qilish kerak.

Vazn va ishtahaning kamayishi, shilliq qavatlar, terida muammo kuzatilishi, og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanishlar B2 vitaminining yetishmasligidan darak beradi. No‘xat, go‘sht va sutda ushbu vitamin bisyor bo‘ladi. B6 vitaminining yetishmasligi ham eng ko‘p tarqalgan muammolardan sanaladi. Uning tanqisligi ko‘ngil aynishi, mushaklarning tortishishi va psixoz rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Tuxum sarig‘i, jigar go‘shti, pechda pishirilgan kartoshka, ismaloq va sabzi B6 vitaminining koni sanaladi.

C vitaminining yetishmasligi milklarning qonashi, kariyes, nafas va hazm bilan bog‘liq muammolar, charchoq va holsizlik hamda O‘RVI kuzatilishi bilan namoyon bo‘ladi. Davolash uchun ratsionda askorbinka kislotasiga boy meva va sabzavotlarni, masalan, qorag‘at, pomidor, ismaloq va na’matak, shuningdek, sitrus mevalar iste’mol qilish kerak.

D vitaminining yetishmasligi kariyes, bo‘g‘imlardagi og‘riq, uyqu buzilishi, suyaklarning mo‘rtlashishi va gormonal muammolar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu vitamin yetishmovchiligini tarkibida D vitamini bisyor bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirish kerak.

Kommentlar: 21 komment. 21 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Кузда хеч нима килишни хам хохламиди одам

  2. Otabek

    Menda kuzda faqat emas, har kuni shunday sad

  3. ❤️

    Yoʻq manda unqamas menda faqat shamollab kasal boʻlganda bunday holat boʻladi boshqa paytlar kayfiyatim ham sigʻimdagi ham muammo yoʻq heart

  4. Aziza

    Kuz kesa mazzaku! Yomgirlar, daraxtlani sargayiwi, atrofimiz guzal bupketadikuuu heart

  5. Aziza

    Salom alaykum Gulli! Yaxwimisz? Nima yangilila?

  6. Shamol

    Kuzni sevmaydiganlar bormi o’zi?

  7. Aziza

    Bunday insonlar ham topilsa kerak

  8. ❤️

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz yaxshimisiz ha menda yangilik yoʻq tinchlik bugun kichkina akamni tugʻulgan kuni shunga akamni tabriklab turgandim telda

  9. ❤️

    Menga kuz faslida yaproqlarni toʻkilayotgan payti yana yomgʻirdagi havo juda yoqadi havo tozalandi salqinlashadi bu juda yoqimli ayniqsa toʻkilgan yaproqlarni qoʻlga olib osmonga otganda juda goʻzal koʻrinadi men shunaqa qilishni juda yaxshi koʻraman heart

  10. Aziza

    Akezzi tabrikliman! Uzoq umr kursinla!

  11. Aziza

    Hovo tozalaniwi juda turi etiz. Kuzda havo vawe zur buladi yomgirladan keyn. Bizada sizdaka hovli yu, barglani otmimz rofl

  12. ❤️

    Ha rahmat Aziza ha mayli nima ham derdim balki shunqa hovlisi katta bor katta uyga kelin boʻlarsiz oʻshanda shunaqa qilib yurarsiz vaqtiz boʻlsa unda ham unaqa uyga kelin boʻlsangiz rofl

  13. Aziza

    Nasib qisa de rofl Qanaqasiz uzi?

  14. Diyorbek

    Kuzni yomgirlarini sogindim

  15. ❤️

    Men ham juda sogʻindim yomgʻirni

  16. Aziza

    Yaqinda yog’diku rofl

  17. Diyorbek

    Qachon? Ko’rmadim

  18. Jasur

    good

  19. Otabek

    Bir yomg’ir yog’armidi

  20. Suxrob

    good good good

  21. Samira

    Endi nega kayfiyatim yo’qligini tushundim

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social