«Oltin to‘p»ga nomzodlar e’lon qilindi. Ronaldu 20 yil ichida ilk marta ro‘yxatga kiritilmadi

«Oltin to‘p»ga nomzodlar e’lon qilindi. Ronaldu 20 yil ichida ilk marta ro‘yxatga kiritilmadi

France Football nashri «Oltin to‘p», mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi va eng yaxshi darvozaboni sovrini uchun da’vogarlar nomini e’lon qildi.

Sovrinning so‘nggi yillardagi ikki sohibi Lionel Messi va Karim Benzema bu safar ham top-30likdan joy oldi. Argentinalik jahon chempioni «Oltin to‘p»ning 7 karra sohibi sifatida rekordchi sanaladi. U bu safar 8-marta g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega.

«Oltin to‘p»ning besh karra sohibi Krishtianu Ronaldu esa 2003 yildan keyin ilk marta «Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritilmadi. 38 yoshli hujumchi o‘tgan 20 yil davomida ushbu sovringa da’vogarlar qatoridan o‘rin olib kelayotgandi. U 2023 yilning yanvar oyida «An-Nasr»ga o‘tib, 20 o‘yinda 20ta gol kiritgandi.

«Oltin to‘p»-2023ga da’vogar 30 futbolchi ro‘yxati:

Yoshko Gvardiol («Manchester Siti»), Jamal Musiala («Bavariya»), Andre Onana («Manchester Yunayted»), Karim Benzema («Al-Ittihod»), Muhammad Saloh («Liverpul»), Bukayo Saka («Arsenal»), Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Jud Bellingem («Real Madrid»), Randal Kolo-Muani («PSJ»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Xvicha Kvaratsxeliya («Napoli»), Nikolo Barella («Inter»), Emiliano Martines («Aston Villa»), Rubesh Diash («Manchester Siti»), Erling Holand («Manchester Siti»), Yassin Bunu («Al-Hilol»), Martin Edegor («Arsenal»), Xulian Alvares («Manchester Siti»), Ilkay Gundo‘g‘an («Manchester Siti»), Vinisius Junior («Real Madrid»), Rodri («Manchester Siti»), Antuan Grizmann («Atletiko»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Lautaro Martines («Inter»), Robert Levandovski («Barselona»), Kim Min Chje («Bavariya»), Luka Modrich («Real»), Viktor Osimhen («Napoli»), Kilian Mbappe («PSJ»), Harri Keyn («Bavariya»).

France Football nashri mavsumning eng yaxshi darvozaboniga topshiriladigan Lev Yashin sovrini uchun ham nomzodlarni e’lon qildi.

2023 yilgi sovrin uchun Tibo Kurtua («Real»), Yassin Bunu («Sevilya»), Mayk Menyan («Milan»), Mark-Andre ter Stegen («Barselona»), Ederson («Manchester Siti»), Andre Onana («Manchester Yunayted»), Aaron Remsdeyl («Arsenal»), Emiliano Martines («Aston Villa»), Dominik Livakovich («Fenerbaxche») va Bris Samba («Lans») da’vogarlar qatoriga kiritilgan.

O‘tgan yil sovrin Tibo Kurtuaga topshirilgandi. G‘olib nomi 30 oktabr kuni Parijda «Oltin to‘p»ni topshirish marosimida e’lon qilinadi.

Mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga topshiriladigan Kopa Trophy sovrini uchun da’vogarlar ro‘yxatidan esa 10 nafar futbolchi joy olgan.

Unga ko‘ra, 21 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchilar uchun topshiriladigan sovringa Jamal Musiala, Jud Bellinghem, Antoniu Silva, Gavi, Ele Vai, Rasmus Hoylund, Alexandro Balde, Pedri, Eduardu Kamavinga va Xavi Simons da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum ushbu sovrin «Barselona» futbolchisi Gaviga topshirilgandi.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Холанд!

  2. Otabek

    Baribir Messiga berishadi

  3. Тимур

    Конечно, хар доим шунака килишган

  4. Lobar

    MESSI heart

  5. Ulug'bek

    Holandirdimu, Messiga berishadi baribir

  6. Oybek

    Salah heart

  7. Shokirjon

    Messi legenda

  8. Suxrob

    Alisson qani????

  9. ❤️

    Bilmadim nomi chiqmaganga xafa boʻlgandir Alisson sorry unknw

  10. Aziza

    Be4ora rofl

  11. Jamshid

    Neymar qani?

  12. Aziza

    Alisson bln birga rofl

  13. Qodir

    good

  14. Nodirbek

    Holand Holand!

  15. Shokir

    negative

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social