6 yoshida u ota-onasining uyidan olib ketilgan edi. 15 yoshida – qo’mondon bo’ldi, 25 yoshida esa Tibetdan Hindistonga qochib ketdi. Hozirda Dalay Lama – 81 yoshda. Lekin shunday bo’lsada uning yuzida ajinlar o’rnida – tabassum!
1. Har kuni 10-30 daqiqa sayir qiling. Sayir qilayotganingizda tabassum qiling.
2. Kamida bir kunda 10 daqiqani sokinlikda o’tkazing.
3. 7 soatdan kam uxlamang.
4. Uchta “E” bilan yashang: Energiya (quvvat), Entuziazm (ishtiyoq), Empatiya (hamdardlik).
5. Ko’proq o’yin oynang.
6. Ko’p kitob o’qing.
7. Yoga, meditasiya va ibodat uchun vaqt ajrating, sababi ular quvvatni qayta tiklashga yordam beradi.
8. 70 dan katta va 6 dan kichik yoshdagi odamlar bilan birga vaqt o’tkazish.
9. Ko’proq orzu qiling.
10. Daraxtlarda o’sadigan oziq-ovqatdan ko’p, fabrikalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlardan kam ist’emol qiling. Ko’p suv ichish.
11. Bir kunda kamida uchta kishini tabassum qildiring.
12. Qimmatbaho energiyangizni G’IYBAT larga isrof qilmang.
13. O’tmish muamolarini unuting. Oila a’zolaringiz va do’stlaringizga o’tmishdagi bahslarni eslatmang, bu hozirgi kundagi baxtga xalaqit qiladi.
14. Salbiy fikrlarni olib tashlang va ijobiy tomonga qarang. Hayot – bu maktab. Biz hayotga o’rganish uchun kelamiz. Hayotdagi muammolar – bu maktab dasturining bir qismidir. U matematika darsi kabi nihoyasiga etadi, lekin bilim abadiy qoladi.
15. Vaqtni nafratlarga isrof qilish uchun hayot juda qisqa. Hech kimga nafratda bo’lma.
16. O’zingizni jiddiy olib qo’ymang.
17. Siz har bir baxsda g’alaba qozonishingiz shart emas. Noto’g’ri ekanligingizni tan olishni o’rganing.
18. O’tmishingiz bilan yarashing, toki u kelajagingizni buzmasin.
19. Boshqalar hayoti bilan o’z hayotingizni solishtirmang. Siz bu haqda hech narsa bilmaysiz. Yaqinlaringizni hech kim bilan solishtirmang. Hech kim o’zingizdan tashqari baxtingizga g’amxo’rlik qilmaydi.
20. Kechirishni o’rganing. Boshqalar siz haqingizda o’ylagani – sizga tegishli bo’lmasin. Qanchalik yaxshi yoki yomon vaziyat bo’lmasin, esda tuting – u o’zgaradi.
21. Betobligingizda ishingiz sizga g’amxo’rlik qilmaydi. Do’stlar g’amxo’rlik qiladi. Yo’qolib qolmang!
22. Foydasiz, xunik yoki hursandchilik olib kelmagan narsadan xalos bo’ling.
23. Hasad – vaqtni bekor ketkazish. Sizda allaqachon kerak bo’lgan barcha narsa mavjud, yoki yaqin kelajakda bo’ladi. Eng yaxshisi – oldida.
24. O’zingizni qanday his qilayotgangizning farqi yo’q – o’rningizdan turing, kiyinib oling va muloqot qiling.
25. To’g’ri qaror qiling.
26. Tez-tez qarindoshlaringizga qo’ng’iroq qilib turing.
27. Ortiqcha urinmang. Aql bilan ish tuting.
Dalay Layma uzi qanday waxs? Bu narsala Dalay Laymani uziga foydasi bubdimi?
yaxwi insonla avtobiagrafiyasini ukib kuring
Zor
Zo’r yaxshi ma’lumotlarga ega bo’ldik.