Shovqin, depressiya, stress: shaharda yashash sog‘liq uchun qanchalik xavfli?

Shovqin, depressiya, stress: shaharda yashash sog‘liq uchun qanchalik xavfli?

Tadqiqotlarga ko‘ra, shaharda yashaydiganlar sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadi. Chunki shahar tashqarisida yashovchi odamlar depressiya, psixoz va boshqa kasalliklarni kamroq boshdan kechiradi.

Stress

Gavjum jamoat transporti, yo‘llardagi tirbandlik, dam olishga vaqt yo‘qligi. Shahar hayotining bu elementlari stressga sabab bo‘ladi. Agar bu doimiy ravishda davom etsa, odam uyqu buzilishi, bezovtalik va depressiyadan aziyat chekishi mumkin.

Ifloslangan havo

Havodagi mayda zarrachalar salomatlik uchun zararli. Zarrachalarning surunkali ta’siri nafas olish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Masalan, astma yoki surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi. O‘pka saratoni rivojlanish xavfi ham ortadi.

Bundan tashqari, ifloslangan havo yurak-qon tomir kasalliklarini qo‘zg‘atadi — yuqori qon bosimi yoki yurak xurujiga olib kelishi mumkin.

Passiv turmush tarzi

Shahar aholisi kam harakat qiladi, bu esa semirish sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shahar tashqarisida yashovchi va ko‘proq harakat qiladigan odamlar kasallikka kamroq chalinadi.

O‘tirgan holdagi turmush tarzi birinchi navbatda surunkali bel og‘rig‘iga sabab bo‘ladi. Buning sababi shundaki, zaiflashgan bel va tos mushaklari umurtqa pog‘onasini ushlab turolmaydi.

Shuningdek, organizmda qon aylanishi sekinlashadi. Ushbu jarayon tufayli kislorod, ozuqa moddalari organlar va to‘qimalarga yetib borolmaydi. Natijada odam charchaganini his qiladi, bosh og‘rig‘idan aziyat chekadi va diqqatini jamlay olmaydi.

Shovqin

Shaharda yashovchi odamlar mashinalarning baland ovozlari, sirenalar va audio reklamalarni eshitaverib, sezgi organlari zaiflashadi. Bu esa eshitish qobiliyatini yo‘qotish, doimiy charchoq va hatto yuqori qon bosimiga olib keladi.

Surunkali shovqin demensiya xavfini oshirishi mumkin. Bu asosan keksa odamlarga ta’sir qiladi.

Shahar sharoitida qanday qilib sog‘liqni saqlash mumkin?

Bir nechta oddiy qoidalar mavjud, ularga rioya qilgan holda shaharning salbiy ta’sirini biroz yengillashtirish mumkin.

Stressga qarshi kurash

Stress darajasini biroz kamaytirishga yordam beradigan bir nechta qoidalar mavjud:

  • Yangiliklarni ko‘rish yoki o‘qishda tanaffus qiling, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni kuniga bir necha marta cheklang.
  • Meditatsiya yoki tinchlantiruvchi nafas olish texnikasini sinab ko‘ring.
  • Spirtli ichimliklar, tamaki yoki psixofaol moddalarni iste’mol qilishdan saqlaning.
  • Kun davomida dam olish uchun vaqt toping, masalan, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullaning.

Ko‘proq harakat qiling

JSST haftasiga kamida 150-300 daqiqa o‘rtacha intensivlikdagi jismoniy faoliyatni yoki 75-150 daqiqa kuchli intensivlikdagi faoliyatni tavsiya qiladi.

O‘rtacha intensivlikdagi mashqlar tez yurish, suzish, velosiped haydash yoki tennisni o‘z ichiga oladi. Yuqori intensivlik esa yugurish, basketbol yoki futbol o‘ynash va tez suzishni anglatadi. 

Lift o‘rniga zinadan chiqing, mashinangizni uzoqdagi to‘xtash joyiga qo‘ying va avtobus bekatigacha piyoda yuring. Iloji bo‘lsa, ko‘proq sayr qiling.

Ratsioningizni kuzatib boring

Ratsioningizda transyog‘lar, shakarga boy bo‘lgan fastfud va boshqa oziq-ovqatlarni chiqarib tashlamang, lekin kamaytiring. Sabzavotlarga, oqsillarga, sog‘lom yog‘larga e’tibor bering. Ovqatlanish vaqtini o‘tkazib yubormang yoki och qolmang, chunki bu keyinchalik ortiqcha ovqatlanishga olib kelishi mumkin.

Yetarli miqdorda suyuqlik ichishni unutmang — ayollar uchun taxminan 2,7 litr, erkaklar uchun 3,7 litr. Bunga nafaqat suv, balki qahva, choy, smetana va hatto sho‘rvalar ham kiradi.

Uyquni normallashtiring

Yetarli uyqu har bir kishi uchun farqlanadi, lekin bu minimum 7 soatni tashkil qiladi. Muddatidan tashqari uyqu sifati ham muhim. Buning uchun:

  • yotoqxonangiz salqin va tinch bo‘lsin;
  • yotishdan oldin to‘yimli ovqatlar, kofein va spirtli ichimliklardan saqlaning. Bundan tashqari, chekmang;
  • uxlashdan bir soat oldin gadjetlarni olib qo‘ying.

Havo sifatiga e’tibor bering

Uydagi zararli mayda zarralarni kamaytirish uchun havo tozalagich sotib olish mumkin. Bundan tashqari, dam olish kunlari toza havodan nafas olish uchun shahar tashqarisiga sayohat qilish yoki parklarga tashrif buyurish kerak.

Jimlik yarating

O‘zingizni hech bo‘lmaganda uyda shovqindan himoya qilish uchun maxsus oyna o‘rnatishingiz yoki uyda bo‘lganingizda derazalarni ochmasligingiz mumkin.

Kommentlar: 31 komment. 31 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бизани хаводан, ундан хам кийин яшаш хозир

  2. Тимур

    Хотя хозир хаво анча яхши, отопительный сезон тугаганидан кейин

  3. Otabek

    Shaharda hamma qayergadir shoshiladi, hammada stress, hamma pul ovida. Shunga ham ancha hayot qisqaradi shaharda yashaydiganlar.

  4. Otabek

    Qishloqda yashaydiganlarning hayotlari ancha sekin bo’ladi, bu mening fikrim

  5. Aziza

    Yana hamma joyda stroyka, ke4asi bilan shovqin buladi, odam uxlomidi

  6. Shodiya

    Samarqanda ham havo yomon, daraxtlar yo’q, yashash ancha qiyin

  7. Anonim

    dash

  8. Dilik

    Shaharda yashash nafaqat zarar, balki qiyin ham

  9. Jamilaxon

    Hayot hamma joyda hozir qiyin

  10. Komil

    Shunga hozir psixologlar ko’payib ketgan, chunki shaharda yashaydiganlarning ko’piga yordam kerak bo’ladi

  11. Anonim

    Qishloqqa ketamizmi hammamiz? laugh

  12. Diyor

    Qiz bola bo’sez, siz bilan ketardim cool

  13. Guli

    Ha bizda unaqa muammolar yoʻq chunki qishloqda yashayman good

  14. Aziza

    Silada bowqa4a hammasi baribir, qiwloqda hayot tin4 utadi…

  15. Diyor

    Kelila o’zimiza bitta kichkina qishloqqa ko’chib o’taylik, interneti bo’lsa bo’ldi

  16. Diyor

    Ovqatlarni o’zimiz pishiramiz smile

  17. Guli

    Assalom Alaykum Diyor ismli kament egasi hoʻsh sizningcha qishloq hayotida yashashga tayyormisiz ha qishloqda ham ternet boʻladi lekin siz qishloqda yashashga tayyormisiz avval shuni yaxshilab oʻylab koʻring lekin bu yerda ham yashash mazzayu baribir ishlar payti bezib ketasiz ayniqsa qishloqda mol xol boqadigan inson boʻlsangiz laugh

  18. Guli

    Men ham baʼzida oʻylanib qolaman agar shaharga koʻchib ketsam million berishsa ham qishloqda qaytib kelmiman qutulganimga shukr deyman deb rofl

  19. Aziza

    laugh1 laugh1 laugh1 laugh1 laugh1 laugh1 laugh1 laugh1 laugh1

  20. Aziza

    Uldirdiz rofl

  21. Guli

    Ha toʻgʻrisiyamde roflAzizam

  22. Aziza

    Kelin waharga, uyimda mehmon bulas heart

  23. Diyor

    Mani qishloqda uyim bor, lekin u yerda yashash juda qiyin

  24. Guli

    Hop rahmat Azizam siz ham keling Xorazmga biz tomonlarni aylanib bizi mehmonimiz boʻlasiz oʻzim kutub olaman kiss

  25. Aziza

    Xudo xohlasa albatta heart

  26. Guli

    Amin Allah nasib qilsa hayotda ham birga koʻrishishliklikni Allah nasib aylasin smile air_kiss

  27. Aziza

    Arafa muborak dugonajonim heart

  28. Anonim

    Toshkentda hozir nafas olish ham zararli bo’lib qolgan

  29. To'liq

    Qishloqqa hamma!!!!

  30. Anonim

    good

  31. Komiljon

    Shahardan ketamizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social