Ko’p hollarda transportga o’tirganimizda asosan qulaylik haqida o’ylaymiz. Biroq xavfsizlik haqida ham unutmasligimiz zarur. Chunki har bir transport vositasida avariya xolatida kamroq shikastlanish mumkin bo’lgan joylar bor. Ushbu xavfsiz joylar turli tadqiqot va statistikalar asosida belgilangan.
Avtomobil
Xavfsiz joylar: haydovchi ortida va orqa o’rindiq markazida. Sababi “yuzma-yuz” favquloddagi vaziyatda mashinaning bu qismi kamroq silkinar ekan.
Xavfli joylar: haydovchi yonidagi o’rindiq hisoblanib, avariya vaqtida xaydovchi refleks bilan harakat qiladi va shu bilan honida o’tirgan yo’lovchini xavf ostiga qo’yishi mumkin ekan.
Marshrutli taksi
Xavfsiz joylar: ortga qarab joylashtirilgan o’rindiqlar, sababi to’qnashuv vaqtida yo’lovchining boshi bilan o’rindiqqa urilish ehtimolligi kam ekan.
Xavfli joylar: eshik va deraza yaqinidagi o’rindiqlar. Halokat vaqtida ularni kesishi mumkin, yoki singan oyna bosib qolishi mumkin. Shuningdek, avtomobilga o’xshab haydovchi yonidagi o’rindiqlar ham juda xavfli hisoblanadi.
Trolleybus
Xavfsiz joylar: o’ng qatordagi chiqish eshigi yonida (o’ng tarafli harakatlanishda), chunki transport oqimi chap tarafdan bo’ladi, shu sabab shikast etilishi kam bo’lishi mumkin. Shuningdek, salonning o’rta o’rindiqlari ham xavfsiz joylar hisoblanadi.
Xavfli joylar: marshrut taksi singari oyna va eshik yonida o’tirmaslikga maslaxat beramiz, singan oyna shikast etkazmasligi uchun.
Avtobus
Xavfsiz joylar: yo’nalishi bo’yicha joylashgan o’ng tarafdagi joy, chunki ular qarama-qarshi transport oqimidan uzoqroq joylashgan.
Xavfli joylar: birinchi ikki qatordagi o’rindiqlar, chunki katta old oynaga jixozlar va oyna uchib kelishi mumkin. Bu gap deraza va eshiklarga ham tegishli. Orqa qator o’rindiqlar orqadan to’qnashish vaqtida xavfli hisoblanadi.
Poezd
Xavfsiz joylar: vagonning markazi yaqinidagi o’rindiqlar. Kupe ham tanlaganda 5 yoki 6 larni tanlagan yaxshiroq. Ya’ni o’rtki o’rindiqlarga yaqinroq, to’qnashuv vaqtida birinchi va oxirgi vagonlar eziladi yoki yo’ldan ketadi.
Xavfli joylar: harakat yo’nalishi bo’yicha, chunki tormoz vaqtida ulardan tushib qolishga ko’proq imkoniyat bo’ladi.
Kema
Xavfsiz joylar: yuqori maydoncha va xonalar, chunki kemaning yuqori qismi suv ostiga oxirgi bo’lib g’arq bo’ladi.
Xavfli joylar: pastki xonalar, kema avariya holatida suv pastki xonalarning barcha tomonidan quyiladi va u erdan chiqish ancha murakkab hisoblanadi.
Samolyot
Mutaxassislar uchun samolyotdagi eng xavfsiz joyni belgilash juda qiyin kechmoqda. Lekin ko’pchilik ovoz bilan samolyotning dum qismi oldingi qator o’rindiqlarga nisbatan ko’proq xavfsiz deb qabul bilindi.
Lekin eng muhimi – qo’rquvga tushib qolmaslik va xavfsizlik haqida har doyim eslash. Qolaversa har qanday transport boshqaruvchisi jamoat transportini boshqarayotgan vaqtida yo’lovchi tashish qoidalariga rioya qilish lozim.
Manba: Adme.ru