Sog‘lom va baxtli hayot kechirish uchun 6 tavsiya

Sog‘lom va baxtli hayot kechirish uchun 6 tavsiya

Baxt va salomatlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu ikkala holatni bir darajada ushlab turish unchalik qiyin emas. Zararli odatlar, issiq dush, yog‘siz tvorog — sog‘lom va baxtli yashash uchun ulardan voz kechgan yaxshiroq, deb yozadi Marie Claire.

Ertalabki qahvani keyinroq iching

Yo‘q, qahvadan voz kechish tavsiya etilmaydi, ayniqsa uni juda ham yaxshi ko‘rib iste’mol qiladiganlar uchun. Bu ichimlikning foyda va zararlari haqida soatlab gapirish mumkin, ammo hozir gap bu haqda emas. Shunchaki ertalabki meditatsiya seansini bir chashka qahva bilan biroz vaqtga kechiktirish taklif qilinadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, uyg‘ongandan keyin bir soat ichida organizm stress gormoni — kortizol ishlab chiqaradi. Bu insonning ko‘nglini ko‘tarishga va butunlay uyg‘onishga yordam beradi. Ertalabki qahva esa bu jarayonga xalaqit berishi mumkin. Gap shundaki, kofein kortizol ishlab chiqarishni to‘xtatadi va organizmning tabiiy uyg‘onishiga to‘sqinlik qiladi.

Sovuq dush qabul qiling

Ertalabki sovuq dushning har bir daqiqasi organizmni tetiklik va energiya bilan to‘ldiradi, insonga yangi hislar beradi va uzoq kunga tayyorlaydi. Asosiysi, to‘g‘ri haroratni tanlash. O‘ta sovuq suv teri uchun juda issiq suv kabi zararli — ikkalasi ham epidermis hujayralariga zarar yetkazadi, teri qurishi va tirnash xususiyatini keltirib chiqarishi mumkin. Ammo teriga yoqimli bo‘lgan harorat topilsa, ertalabki uyquchanlik va yomon kayfiyat haqda o‘ylamasa ham bo‘ladi.

Parhezbop mahsulotlarni iste’mol qilmang

Yorma, bo‘tqa, yog‘siz tvorog, parhezbop shirinliklar — bularning barchasi faqat organizmni aldash xolos. Ha, ular oddiy mahsulotlarga qaraganda kamroq kaloriyalarga ega, ammo, afsuski, foydali emas.

Ovqatlanish bilan bog‘liq eng katta muammo — bu kaloriyasiz mahsulotlarni tanlash. Kun davomida muhim vazifa bajarilgach, darrov dam olish istagi paydo bo‘ladi. Buning uchun yog‘siz tvorog iste’mol qilib, sport zaliga bormaslik mumkin, degan fikr mavjud. Lekin ikkisi ham bir-birining o‘rnini bosa olmaydi. Va ayni vaqtda, ular organizmga ikki xil ko‘rinishda ta’sir qiladi.

Osuda xonada uxlang

Soatning ovozi go‘yoki tinchlantiruvchidek tuyilishi mumkin, lekin bu faqat bir qarashda. Aslida monoton va ritmik tovush doimiy uyqusizlikka olib keladi. Yotoq xonada asab tizimini bezovta qiladigan buyumlarni imkon qadar kamroq saqlashga harakat qilish lozim, masalan, soat, ventilyator, televizor kabi.

Ertalab va kechqurun mashq qiling

Ertalabki mashq mushaklarni uyg‘otadi, qonni organizm bo‘ylab tarqatadi va kuch beradi. Kechqurungi mashq esa teskari yo‘nalishda harakat qiladi — kuchlanishni yengillashtiradi, kun davomida to‘plangan charchoqni chiqarib tashlaydi, organizmni tinchlantiradi va uxlash uchun tayyorlaydi.

Tik o‘tiring

San-Fransisko universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, to‘g‘ri o‘tirish miyaga kislorod oqimini 40 foizga oshiradi, bu esa organizmdagi faoliyatni sezilari darajada yaxshilaydi. Buni yodda saqlash juda muhim, ayniqsa, kuni bilan ish vaqti ofisda o‘tadiganlar uchun.

Kommentlar: 28 komment. 28 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    kiss bizani wunaqa zur maqolala bln hursan qilasila

  2. Otabek

    rasmla zuru rofl

  3. .......

    Assalomu aliykum soglom bulish yqxshi birinchi galda har bir iwhda soglik muhimdir aziza maqola yaxshi ekan chindan lekin bu maqola men uchun emas ekan afsus ha Otabek gapim ogir botsa uzuru sal uzizni qulga ovosez yaxshi bulardi gapim uchun uzur

  4. Aziza

    Nega siz u4unmas?

  5. Otabek

    nima qipman??

  6. Тимур

    Хар бир инсон бахтли булишга хаклидир!

  7. Yunus

    yaxwiii

  8. Aziza

    Yangi odamla kirvotganidan hursandman, kelila taniwamiz smile

  9. .......

    Assalomu aliykum hammaga Aziza bilasizumani sela etvotgande soglommasmanu siz etga qanaqa edi ha depressiya ushanaqa kasali borakan ozgina uni asoratlariman sezilvottide ushanchun boshim ham ozmuncha ogrivotti ushanchun chundizmi aziza ha Otabek xech narsa qiganiz yu lekin sal uzi qulga ovsez bulardi gapim uchun uzur kechiring yoqmagan busa Turi ettiz Timur hamma inson baxli yashashga haqlidir ha Yunus siz bilan tanishganimizdan hursandmiz sayt yoqtimi

  10. Aziza

    Qayerdan bildiz?

  11. Тимур

    психологга учрадизми?

  12. ......

    hade aziza bordim pshologga Nozim ha

  13. .......

    uzur timur adashibman uzur Nozim deb etibman sevgi bosqichlarida Nozim degan inson boridi de boshim ozro ogridi uzur

  14. Aziza

    Bir marta bordizmi yoki endi har doim boradgan buvosmi?

  15. Charos

    yoqdi.

  16. .......

    Assalomu aliykum hammaga ha aziza hoz ikki marta bordim lekin yana borish kere ekan har doim sogaygunimcha yana bilmadi ozgina uzimni borgim kelmiyro turibti bilmadim nega bunqa buvotti ha sogayishni istasam borishim kere uylab kuraman yana bilmadim lekin psxolog menga yoqdi chunki u manga ozmuncha yordam berdi hali borganimga endi ikki marta bulibdiyu lekin psixolog ancha muncha yordam berdi

  17. Aziza

    Tawamen, borin, psixologga boriw uyatmas, hozir bu juda muhim

  18. Isfandiyor

    Psixologla juda yaxwi buliwadi, kupro boriwsa, foydali buladi

  19. .......

    Assalomu aliykum hammaga Ha aziza borish uyatmas borish kere zora sogaysam boraman yana ha isfandiyor turi ettiz psixologla juda kup narsalani bilarkan manga anchagina foydali narsalani urgatvottila maslaxatla bervottila yana baribir psixolog yaxshi ekan lekin bir tarafi ozgincha yoqmayapdi uzim ham bilmadim nima yoqmayotganini sizzi fikrizcha manga nima yoqmayotgan bulishi mumkin iltimos etila uzim ham hayronman

  20. Aziza

    Twunmadm, nima yoqmadi sizga? gaplarimi? yoki nimadir dib hafa qildimi?

  21. .......

    Ha aziza shuni uzim bilmiyman gaplari yaxshi xafa qigani yu lekin norgim kemiydi nimagadur hayronman uzim ham

  22. Aziza

    Balki bu qurquvdan kelb 4iqadi, bundayam buliwi mkn. Foydasini his qivotgan busez, tawamen, borin, bu bir kunda utmidi

  23. .......

    Assalomu aliykum hammaga balkim turi ettiz aziza qurquv bulishi ham mumkin boraveraychi buyogini kuramizda

  24. Тимур

    Конечно бориш кере, депрессия жуда опасный касал, боришни ташамен

  25. Aziza

    Hi4am qurqmen! Psixologga szi ustozz kabi qaren, wunda foydasi undan ham kup buladi

  26. Pokiza

    good

  27. Qobulov

    Yaxshi good

  28. Farhod

    Dunyoda tin4li busin! Bar4amiz sog omon bulilu! Omin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social