Bir fotograf kechki ovqat uchun do’stining uyiga tashrif buyurdi. Do’sti, uning rasmlarini ko’rib, dedi:
– Sening ajoyib rasmlaring bor! Ehtimol, senda juda yaxshi kamera bor bo’lsa kerak?
Fotograf hech nima demadi. Lekin, uyga ketishdan oldin shunday dedi:
– Kechki ovqating mazali bo’libdi, katta rahmat. Ehtimol, senda juda yaxshi qozon bor bo’lsa kerak?
Xulosa: har qanday ishda muvaffaqiyatli bo’lishi uchun, faqat yaxshi vosita yoki asbobga ega bo’lish yetarli emas! Bundan tashqari, ushbu asbobni yoki vositani ishlatish uchun mahorat va iste’dod ham kerak bo’ladi!