Mandarin tanlash bo‘yicha layfxak: qaysi biri shirin yoki nordon, qanday saqlash kerak?

Mandarin tanlash bo‘yicha layfxak: qaysi biri shirin yoki nordon, qanday saqlash kerak?

Mandarinlar bir necha yildan buyon Yangi yil ramziga aylangan, yaltiroq archa daraxti, Qorqiz bilan Qorbobo hamda dasturxon ustida bayramona taomlar va mandarin. Ammo bu quyoshli meva haqida nimalar ma’lum? Marie Claire nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Rus tilidagi “mandarin” nomi fransuzcha “mandarinier” so‘zidan olingan bo‘lib, yevropaliklar meva rangining Xitoyning muhim amaldorlarining kiyimlari bilan o‘xshashligi tufayli sitrusga shunday nom qo‘ygan. Mandarin sovuq mavsumda ratsionning muhim qismiga aylanadi, chunki u nafaqat mazali, balki juda ko‘p foydali moddalarni o‘z ichiga oladi. Vazn va terining holatiga rioya qilganlar uchun mukammal mahsulotdir.

Foydali xususiyatlar

  • Mandarin ko‘pchilik sitrus mevalari kabi, vitaminlarga (ayniqsa, C vitamini) boy. O‘rtacha kattalikdagi mevaning kaloriya tarkibi faqat 33-45 kaloriya. Bu shuni anglatadiki, mandarinni vazn yo‘qotmoqchi bo‘lgan deyarli har bir kishi ratsionga kiritishi mumkin. Aytgancha, atigi uchta mandarin tarkibida taxminan 75 mg C vitamini mavjud — bu ayollar uchun tavsiya etilgan sutkalik doza (erkaklarda u 90 mg dan yuqori).
  • Shuningdek, mandarin A vitaminining yuqori dozasini o‘z ichiga oladi. O‘rtacha meva taxminan 30 mg A vitaminiga ega, ayollar uchun A vitaminining kunlik dozasi 700 mg (erkaklar uchun ─ 900 mg). Biroq bu mandarin mono-dietasiga yopishib qolish kerak, degani emas.
  • Sinefrin ko‘plab sitrus mevalarida, shu jumladan mandarinlarda topilgan alkaloiddir. Bu yomon xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi. Aytgancha, bio qo‘shimcha sifatida sinefrin ko‘pincha vazn yo‘qotish uchun ishlatiladi. Shuningdek, mandarinlar ichakda xolesterinning so‘rilishini oldini oluvchi pektin va gemitsellyulozani o‘z ichiga oladi.
  • Mandarin teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan C va E vitaminlari manbai hisoblanadi. Kundalik ratsionda bir nechta mandarin teri holatini yaxshilaydi, yallig‘lanishdan xalos qiladi, teri yorqinligini tiklaydi va hatto ajinlar shakllanishini sekinlashtiradi. Mandarin efir moyi ko‘pincha kosmetikada ishlatiladi va ba’zi yaralarni davolovchi malhamlarning tarkibiy qismidir.
  • Mandarin kaloriyalarni diqqat bilan hisoblaydiganlar uchun ajoyib gazak variantidir. U eriydigan kletchatkaga boy, bu organizmga uzoq vaqt davomida to‘q his qilish imkonini beradi.

Mandarin navlari

Mandarinning navlari juda ko‘p bo‘lib, hammasini sanab bo‘lmaydi.

Abxaziya mandarini

Juda shirin emas, tetiklantiruvchi nordon, yoqimli hidi mavjud. Abxaziya mandarinining qobig‘i och sariq va po‘sti chuqurchaga ega.

Turkiya mandarini

Po‘stlog‘i sarg‘ish va nordon ta’mga ega mayda mevalardan iborat. Qolaversa, ko‘p urug‘larni o‘z ichiga oladi.

Ispaniya mandarini

Katta teshiklari bo‘lgan qalin qobig‘li yumshoq mevalar. Suvli va shirin, lekin urug‘lari ko‘p.

Marokash mandarini

Mevalar dumaloq emas, balki shakli biroz yassi. Yupqa po‘stlog‘li, to‘q sariq, ba’zan qizg‘ish, shirin. Po‘sti yupqa va tozalash oson. Urug‘lari deyarli yo‘q.

Klementin (Jazoir tenjerini)

AQSHdagi eng mashhur mandarin navi, ular “Rojdestvo apelsinlari” deb nomlanadi. Aslida, klementin mandarin va qirol apelsin gibrididir. Afsonaga ko‘ra, nav tasodifan Jazoirdagi nasroniy ruhoniylaridan biri tomonidan o‘stirilgan, ammo mutaxassislar klementin Xitoyda kamida ming yil oldin paydo bo‘lganiga amin. Po‘stlog‘i to‘q sariq, qobig‘i oson tozalanadi, juda katta, suvli, yoqimli ta’mli, urug‘i deyarli bo‘lmaydi.

Asal (“Murkott”)

Mandarinning bir turi bo‘lgan eng shirin navlardan biri. Suvli, lekin mevalari kichik va urug‘larini olib tashlash oson emas.

Densi (Densi tanjerin)

Mevasi qizil rangga ega, quyuq to‘q sariq po‘sti bilan ajralib turadi. Mevalari kichik, urug‘li, ammo qobig‘i oson tozalanadi. AQSHda Rojdestvo mavsumida juda mashhur: nav o‘tgan asrning o‘rtalarida Florida shtatida yetishtirilgan.

Mineola

Densi va greyfruit gibrididir. Mevalari nordon va katta, urug‘lari ko‘p, qobig‘i oson tozalanadi.

Xitoy mandarinlari “Ponkan”

Yangi yil mavsumida Xitoyda eng mashhur nav. Suvli va o‘rta o‘lchamdagi mevalar, shirin va nordon ta’mga ega.

Iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan holatlar

Sitrus mevalar yoki C vitaminiga allergiyaga moyil bo‘lganlar mandarinlarni ratsionga juda ehtiyotkorlik bilan kiritishi kerak. Garchi mandarinlar foydali bo‘lishiga qaramay, ularni kichik bolalarga oz-ozdan berish lozim. Oshqozon yoki ichak yarasi, gastrit, shuningdek, oshqozon kislotasi yuqori bo‘lgan odamlarga ham mandarin iste’mol qilish mumkin emas. Bundan tashqari, buyragida toshi bor bemorlar uchun mandarin tavsiya etilmaydi.

Qanday tanlash kerak?

Avvalo, qobig‘iga e’tibor bering: u yorqin, yetarlicha qattiq va buzilmagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, mandarinni og‘irrog‘ini tanlash lozim. Juda yumshoq mandarinlarni olish tavsiya etilmaydi, chunki ularning saqlash muddati qisqa bo‘ladi. Mandarinlarni muzlatkichdagi meva bo‘limida 1-2 hafta davomida saqlash mumkin. Mevalarni plastik paketlarda saqlamang, chunki yuqori namlik ularni tezda chirishga olib keladi.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    уже хозир ширин мандаринла сотишвотти

  2. Zuleyha

    Mandaringa allergiyam bor

  3. Aziza

    Wunaqasiyam buladimi?

  4. Zuleyha

    Albatta, sitrus ku. kuplada sitruslaga allergiya buladi

  5. Odina

    boredom yegim kebketti

  6. Malika

    Mandarin ne4puldan hozir?

  7. Komil

    Korzinkada 20+ ming

  8. Malika

    yangi yilga yaqin narxi tuwib qolar

  9. Usman

    Hammani qishning 1 kuni bilan

  10. Oydin

    hidlari keb ketti heart

  11. Umid

    Mandarin yegilarim kebketti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social