Maqsadni aniqlashtirish!!!

Maqsadni aniqlashtirish!!!

Sizning qanchadan-qancha niyatlaringiz, oruzlaringiz bor?! Shundaymi? Atrofimizdagilarning yuraklari niyat, xohish va istaklarga to`la. Bir dunyo orzu bilan yashaydigan, ko`p narsani istaydigan zamondoshlarimiz bor. Agar birortasidan nimani istaysan, deb so`rasangiz: «Sog`-salomat bo`lishni, baxtli va boy bo`lishni istayman» – deb javob beradi. Bu har bir insonning istagi. Agar hamma shuni istasa, nega juda kam kishilargina sog`-salomat bo`lib, baxtli va boy-badavlat yashaydi?! Buning sababi nimada? Biz har kuni o`z og`zimizdan yoki atrofimizdagilarning og`zidan, «Menimcha yaqin o`rtada u ishni qilsam kerak» «Mana bu ishni qilib ko`rishga harakat qilaman», «Xudo hoxlasa u qilaman, bu qilaman» – degan gaplarni eshitamiz.

Yuqoridagi «Sog`lom, baxtli va boy» bo`lish istagi juda umumiy aytilgan istak. Keling, sizlar bilan «boy bo`lish» tushunchasini ko`rib chiqaylik. Masalan, kishi o`zini boy deb hisoblashi uchun qancha mablag` topishi kerak? Hozir topayotganidan ikki-uch  barobar ko`proqmi? Ëki o`n barobar ko`proqmi? Boy bo`lishni istagan kishi katta hashamatli uyda yashashni, chiroyli mashinalarda yurishni istaydi. Hozirgidan ikki-uch barobar ko`proq pul topib ham bunday narsalarga erishib bo`lmaydi. Demak kishi hozir topayotganidan o`n barobar balki undan ham ko`proq pul topishi kerak. Ko`pchilik kishilar boy bo`lishni istaydi, lekin ulardan kamchiligigina haqiqatda nimani va nima uchun istashini biladi. Agar siz biror nimani istasangiz, uning eng mayda-chuydalarigacha aniq bilib olishingiz kerak bo`ladi.

Nimadir istashning o`zi etarli emas. Shu bilan birga aniq maqsadga qo`shimcha ravishda inson nima uchun shuni istashi va bu maqsadga etishish kishiga qanday foyda keltirishini ham bilishi zarur.  Atrofimizda juda ko`p kishilar, ayniqsa yoshlar hech qanday jiddiy maqsadi, niyatga etishish uchun aniq xatti-harakatlari bo`lmagani sababli hayotda hech narsaga erisholmaydilar. Keyin esa o`zining bu baxtsizligi uchun boshqalarni, ota-onasini, o`qituvchilarini, boring-ki ayblash mumkin bo`lgan hammani ayblaydi. Aslida kishi nimani istasa, o`shanga, hatto undan-da ortig`iga erishishi mumkin.

Lekin buning uchun u nima istashini aniq bilishi zarur. Biror nimaga erishish uchun eng avvalo aniq maqsad bo`lishi kerak. Kishi o`z kelajagini qurishi uchun nimaga ega bo`lish va aynan qachon shunga ega bo`lishni belgilashi va shunga qarab intilishi kerak bo`ladi. Masalan, siz hafta tugagunga qadar bir ishni bitirishingiz zarur bo`lsa, butun hayolingiz o`sha ishni tugatishda bo`ladi.

To o`shani belgilangan muddatda tugatmaguningizga qadar, tinim bilmaysiz, televizor ko`rishdan, keraksiz narsalarga vaqt sarflashdan o`zingizni tiyasiz. Qarabsizki, hafta oxirida o`sha ishingizni bitirib bo`lasiz. Siz harakat qilayotgan maqsad ham xuddi shu tartibda ishlaydi. Diqqatingizni, harakatlaringizni va xohishingizni o`sha oldingizga qo`ygan maqsad tomon yo`naltiring. Shunda unga erishasiz. Bu mavzuda fikrlaringiz bo`lsa, marhamat bilidiring.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. insonda xar doim intilishga maksad bulishi kerak!

  2. бу кийин, чунки бази бир холатлар борки, биз узимизнинг максадимизга эришиш учун кимларгадир боглик булиб коламиз, базан вазият бизнинг максадимиздан устун келади, хамма нарса хам узимизга боглик эмас

  3. a – tugri aytyapsiz, bilassmi, shuning uchun ham biz oldimizga maqsad quyganda o’zimizning imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda niyat qilamiz, maqsad quyamiz. shularni inobatga olmasak, oldimizga quygan maqsadlarga erishish qiyin

  4. Муаллиф: a – lekin men uyliman xamma narsa faqat bizga bog’lik,va men uyliman vaziyat maqsadlarimiz ustin kelmaydi,prosto biz qo’larimizni tushuramiz!

  5. Xa odamda maqsad bo`lish kerak.. faqat u maqsad etishaman deb yondagi yaqinlarni dilini og`ritib quymaslik kerak.. Yana wuni quwimcha qilamanki maqsadni aniqlashtirishda inson o`zini sharoitiga qarash joiz… aks holda inson umidsizlanish, tushkinlik, irodasizlik kabi holatlarga tuwib qoliwi mumkin…

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social