Meditatsiya darslari maktab o‘quvchilariga zo‘riqishni yengishda yordam beradimi?

Meditatsiya darslari maktab o‘quvchilariga zo‘riqishni yengishda yordam beradimi?

XXI asrda o‘smirlarga oson emas. Har tomondan ijtimoiy tarmoqlar, imtihon, qad-qomat, tashqi ko‘rinish haqidagi fikrlar bosim o‘tkazadi. Biroq yechim topilgandek go‘yo. Bu – meditatsiya, deya xabar bermoqda The Guardian.

Bolalar uchun meditatsiya saboqlari Buyuk Britaniyada tobora ommalashmoqda. Maktab o‘quvchilari o‘z miyasini o‘rganib, jahl va qo‘rquv kabi salbiy his-tuyg‘ularni qanday nazorat qilish haqidagi ma’ruzalarni tinglashmoqda. Endilikda mashg‘ulotlarda bosh, yelka, tizza va barmoqlar haqida emas, bodomsimon tana, gippokamp va prefrontal qobiq haqida so‘z yuritilmoqda.

2017 yilda Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Angliyadagi besh yoshdan o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan har sakkizinchi bolada tashxis qo‘yilgan ruhiy kasallik mavjud. So‘nggi sakkiz yil ichida kasalxonalardagi anoreksiya bilan kasallangan bemorlar soni ikki marta ortgan.

Zo‘riqish – o‘qish uchun to‘siq, shuning uchun unga qarshi kurashish maqsadida ko‘plab maktablar meditatsiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishni boshlagan. Mental Health Foundation xayriya jamg‘armasi bolalarning hissiy farovonligi maktab dasturining markazida bo‘lishi lozim deb hisoblaydi.

So‘nggi besh yil ichida maktabning maxsus xodimlari uchun o‘ziga xos darslar rejasini sotadigan va mashg‘ulotlar o‘tkazadigan ko‘plab yangi tashkilotlar paydo bo‘ldi. Biroq bu o‘z samarasini beryaptimi?

Bazildondagi Cherry Tree boshlang‘ich maktabi o‘qituvchilari onglilik mashg‘ulotlari o‘z mevasini bermoqda deb hisoblashmoqda. «Sakkiz yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar har kuni tushlikdan keyin o‘n daqiqalik mashqlar bajarishadi. Ular mashqlarni uyda ham bajarayotganlarini aytishgan», – deydi maktab direktori Kim Milsom.

«Biz bolalarga o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishning to‘g‘ri strategiyalarini o‘rgatishimiz kerak»

Treysi Uord, Stanley Grove boshlang‘ich maktabidagi katta o‘qituvchining yordamchisi o‘zining ruhiy salomatlik sohasidagi yordamchilik faoliyati haqida hikoya qiladi.

Ruhiy salomatlik sohasida yordamchi bo‘lish «ilk bosqichlarda aralashish» uchun belgilarni aniqlay olishni anglatadi.

Maktabimizda har bir bolaning o‘z «dorixonasi» – qizil xoch belgisiga ega ochiq jomadon rasmi bor. Ular jomadonga xafagarchilik va xavotirli holatlarda o‘z his-tuyg‘ularini yozishadi.

Jismoniy mashg‘ulotlardan ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash sifatida foydalanish – yondashuvimizning yana bir qismi. Har kuni maydonchaga kelamiz va sport bilan shug‘ullanamiz. Har bir bola o‘ynaydi, sayr qiladi, yuguradi, chopadi; buni o‘z do‘sti va o‘qituvchisi bilan ham amalga oshirishi mumkin. Biz bolalar xonadan tashqarida o‘z hislari haqida so‘zlab berishlari mumkin deb hisoblaymiz. Maktabimizda iliq va baxtli muhit hukmron. Bu esa ruhiy salomatlikka ajratilayotgan e’tibor tufayli.

Nima deb o‘ylaysiz, haqiqatan ham ong mashqlarining bolalar ruhiy salomatligidagi ahamiyati kattami?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social