Men uni boshqa sevmayman. Nima uchun?

Men uni boshqa sevmayman. Nima uchun?

yigit va qiz bir biriga maftun bo`lib, sevgi lazzatiga berilib yashaydi. Ular nikoh qiladi. Bir necha oy yoki yil davomida xammasi yaxshidek tuyuladi, lekin, chetdan olib qarasangiz, ularning munosabatlari ilgaridek mustahkam va lazzatli emas.

Ilgarigi munosabatlar, sog`inishlar, sevgining kuydirishlari xuddi yomg`ir ostida qolgan olov kabi o`chib boradi. Atrofdagilarning savollariga, ular “Xammasi yaxshi”, deya javob beradi, lekin, haqiqatni olib qaraganingizda, ular xatto ajrashish haqida ham o`ylab ko`rgan. Ikki sevishganlardan so`rasangiz, sababni bir-biridan topadi.

Nima uchun? Yaqin munosabatlarning mana bunday sovib borishiga nima sababchi ekan? Gap, xayot va tirikchilik qiyinchiliklaridami? Yoki qo`ni-qo`shni va qarindoshlarning gaplaridami? Balki, bunga butun dunyo sabachidir?

Gap shundaki, sevgi tushunchasi, “OLMOQ” yoqi “QABUL QILMOQ” fe`llaridan ancha uzoqdir. Bilasizmi nima uchun? Chunki, sevmoq fe`li, “BERMOQ” fe`liga yaqindir. Sevish tushunchasi, berishni, oldirishni, qurbon qilishni, beg`araz yo`qotishni, kechirimni, o`zingizdan voz kechishni va sevgan insoningizga xizmat qilishingizni anglatadi.

Sevgan insoningizni sevar ekansiz, demak, buni nafaqat so`zda, balki, amalda xam, har kuni, har soatda, har soniyada ko`rsatishingiz kerakdir. Sevgan odamingizga xizmat qiling, u uchun har kuni o`zingizni qurbon qiling. Axir, SEVGI, bu OLIShNI emas, aksincha, BERIShNI anglatadi. Olishni kutib o`tirmang! Sevgingizni berishga shoshiling!

Xikoya yoqdimi? Davomini istaysizmi? Fikringizni qoldiring.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Sevsang sevilasan

  2. Endi sevilaman deb sevish kerakmi? Ahir bu noto’griku. Bu yerda beg’araz sevgi haqida gap ketyapti. Agar sevilaman deb sevmoqchi bo’lsangiz demak siz sevmaysiz.

  3. Исмингиз

    xech nima tshunmadim, ammo chiroyli chikdi gapiz!

  4. sevdim o’ldim kuydim yondim degan suzlaga ishonmayman, sababi har birini tagida g’arazli narsa turadi, beg’araz sevgini uchratmadim shu paytgacha

  5. Beg’araz sevgini uchratmadim debsiz. Demak, siz chindan ham sevmagan ekansiz, shundaymi?

  6. Umid Vohobov

    xammangiz utiribsiz bu erda sevgi-sevgi deb, kak bydto bilasiz xaqiqiy sevgi nima ekanligini? sevgi uzi toydan keyin boshlanadi, qachon haqiqiy hayot boshlaganda! ushanda bilinadi va ko’rinadi!

  7. Bu yerda faqat er va hotin orasidagi sevgi haqida gap ketmayapti. Umuman sevgi haqida. Menimcha bu yerda ko’proq sevgi tushunchasini yaxshiroq bilish va uning haqiqiy ma’nosini tushuntish ketmoqda. Shundaymi? Sevgini faqat hotinga emas, balki, umuman odamlarga, hayotga, ona-yurtga ishlatish mumkin. Agar siz hotiningizni sevib, qo’shningizga yoki do’stingizga nafrat bilan qarasangiz, unda bu sevgingizdan ne foyda? Agar sevishni bilsangiz, unda siz umuman boshqa odamga aylanib, barchaga o’zingizning sevgingizni, beg’araz sevgingizni namoyish etasiz.

  8. manimcha siz boshqa sayyoradan kelib qildiz, tug’ri bu yerda sevgi tushunchasi haqqida suhbat ketvotti lekin siz xotinga ota onaga vatanga do’stu birodarga bo’gan sevgini umumiy qivorib kasha qildiz, bu sevgilani bir biriga qanday bog’likligi bo’lishi mumkin???

  9. gapizga quwilaman, sababi kimnidir chin dildan sevsang wu kiwi uchun butun borligingni bagiwlawga tayyor bulasan, butun borligingni unga berasan, evaziga esa undan he4 narsa kutmaysan, man uzimda wu narsani farzandimga nisbatan his qildim, iwonasizmi uwa kundan beri dunyo qarawim uzgardi, balkim oralaringda kimlardadir wunday bugandir!?

  10. Boshqa sayoradan? ))))) Menga bu hikoyaning yoqqan tomoni shundaki, u yerda, sevgi aynan olish bilan emas, aksincha, berish bilan bo’gliq. Menimcha bu aynan bizga yetishmaydigan beg’araz sevgi.

    Undan tashqari, ming afsuslar bo’lsinki, bizdagi sevgi tushunchasi atrof, internet va televizor orqali biroz buzib ko’rsatilgan. Shu muhitda katta bo’lib, biz ham, hamma qator sevgining to’liq va haqiqiy ma’nosidan uzoqlashganmiz.

  11. To’g’ri aytdingiz, men ham farzandlarga bo’lgan sevgi orqali siz aytgan narsani his etaman. Bu bor narsa. Farzandingizni shundoq sevasiz. Farzandingiz bu yoshda buni hatto sevgi ekanini ham bilmaydi, lekin, shunga qaramasdan siz unga hatto joningizni berib yuborishga ham tayorsiz. Menimcha, bunday sevgi haqiqiy sevgi.

  12. Juda ajoyib yozilgan

  13. Meni sevishmay qo’yishdi, nima qilsam bo’ladi?

  14. Sizchi, sevasmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social