Siz hech yugurish musobaqasida qatnashganmisiz? Yutganmisiz? Yoki bo`lmasa kimningdir yutganini ko`rgandirsiz? Bunday musobaqada qatnashuvchilar yutish uchun jon jahdi bilan yuguradilar. Qatnashuvchilarning bari bir-biri bilan musobaqalashadi.
Hayot ham shunga o`xshaydi. Hayotda siz nima maqsadda musobaqalashmoqdasiz? Biz hayotda hamma ishlarni baravar yaxshi bajarishga harakat qilamiz, biroq bu narsa bizning elkamizda yuk bo`lib qolaveradi. Bizni tobora pastga tortaveradi. Nima haqida gapirayotganimizni anglamayapsizmi?
Unda ochiqroq tushuntiraman. Oxirgi 100 yil ichida texnika taraqqiyoti shu darajada ildamlab ketdiki, xatto o`zimiz ham unga etolmayapmiz. Kundan-kunga yangi modeldagi avtomashinalar, yangi ko`rinishdagi qo`l telefonlari, bir vaqtning o`zida ko`p vazifani bajaradigan komp`yuterlar, uy bekalari uchun kir yuvadigan mashinalar, kir quritgich mashina, idish yuvadigan mashinalar va hokozo.
Bu ro`yxatni anchagacha davom ettirishimiz mumkin. Bugungi kunning har bir kishisi, mavjud bo`layotgan qulayliklardan, hayotdagi bor rohatlardan baxramand bo`lgisi keladi. Masalan menda bir voqea bo`lgan edi. Bundan 5 yil oldin. Oilam bor ammo uyim yo`q edi. Men o`zimcha o`ylardim: «Uyim bo`lsa edi”. Xudo menga uy berdi. Uy olgach juda xursand bo`ldim. Asta-sekin vaqt o`tgach, endi mashina olishim kerak deb o`yladim. Xudo menga mashina ham berdi. Bundan ham juda xursand bo`ldim.
Mashinam bilan xursand bo`lib yuraverdim. Bir payt atrofimga qarasam, do`stlarim, tanishlarimning mashinalari menikidan ancha yaxshi va chiroyli. Keyin yon-atrofimdan boshqa mashina olishga takliflar kela boshladi.
Ko`nglim «Boshqa mashina ol, hamma tanishlaringning mashinasi senikidan yaxshi. Bir senda shunday kichkina mashina”, – deydi. Aqlim esa: “Hovliqma, u mashina senga to`g`ri kelmaydi. Hashamatga uchma. Keyin qiynalib qolasan. Sening mashinang sen uchun eng qulay”, – deydi. Uzoq vaqt o`zim bilan o`zim kurashdim, va oxiri boshqa mashina olmaslikka qaror qildim.
Shundan keyin ko`nglim tinchlandi. Men aminmanki atrofimizdagi har bir kishida shunday vasvasalar bo`ladi. Biz o`zimizda bo`lmagan pulga hayotimizni yana ham chiroyli qiladigan narsalar sotib olgimiz keladi. Imkonimiz darajasiga qarab yashashni istamaymiz. Bugungi kunda dunyo bizga taklif qilayotgan yashash tarzi, Xudoning biz uchun belgilagan yashash tarziga mutlaqo to`g`ri kelmaydi.
Agar dunyo taklif qilayotgan yashash tarziga qarab ketadigan bo`lsak, biz faqat moddiy narsalar, qulayliklar ortidan quvib, o`zimizni toliqtirib qo`yamiz. Bu narsa bizni tushkunlikka soladi, yo`ldan adashtiradi. Bunday muammolarning oldini olish uchun esa biz atrofimizdagi muhitdan nimani olish va nimani olmaslik haqida o`ylab ko`rishimiz kerak.
Biz uchun foydali bo`lmagan narsalarini miyamizdan chiqarib tashlashni o`rganaylik. Bugungi kunda har bir kishi o`ziga muhim bo`lmagan narsalarni harid qilish haqida o`ylaydi. Masalan sizda qo`l telefoni bormi? Bor bo`lsa, undan ham yaxshisini harid qilish haqida o`ylamang. Bu sizga qiyinchilik tug`dirishi mumkin.
Sizda mashina bormi? Bor bo`lsa, undan xam qimmatroq va chiroyliroq mashina sotib olish haqida o`ylamang. Qo`l telefoningizni ham mashinangizni ham ishlatish mumkin bo`lmay qolguncha ishlating. Undan so`ng boshqa yangisini olishingiz mumkin. Siz miyangizdagi ortiqcha orzularga berilmang.
нима энди орзу килиш ёмонми? янги орзу-ниятларга интилишчи?
муаммо нимада???
ОООО, хикоя жуда зурку. Жуда оптимистик тарзда ёзилган хикоя. Ростанам, муаммо нимада? Ким этолиди?
man bu maqolaga qo’shilmiyman, odam bir joyda turib qolmaslik kere, u har doyim o’z ustida, bilimlarini ortirishi bilan bir qatorda, albatta imkoniyati bo’lsa bu maqolada moddiy narsalar deb olgan bor narsasini yangilab turishi umuman yoman emas
xar bitta muammo odamni uzida!
ya dymau naoborot nado stremtsya k novomy,ne privikat k staromy. esli est vozmojnost priabretat vse novoe.