Musiqa salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Musiqa salomatlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Uy ishlarini bajarish, sport bilan shug‘ullanishda yaxshi hamroh sanalgan musiqa nafaqat kayfiyat, balki salomatlikka ham ta’sir qilmay qolmaydi.

Qon bosimi pasayishiga hissa qo‘shadi

Italiyalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda ishtirokchilar har kuni 30 daqiqa davomida klassik, keltcha va hindcha qo‘shiq tinglab, sekin va chuqur nafas olgan. Natijada ularning sistolik bosimi to‘rttaga pasaygan: bu kabi ijobiy o‘zgarish ratsionda tuz kamaytirilganida kuzatiladi.

Tinchlantiradi

Shvetsiyalik tadqiqotchining ma’lum qilishicha, kun davomida 30 daqiqa sevimli musiqani tinglab rohatlanish stress gormoni — kortizolni sokin joyda dam olgandan ko‘ra yaxshiroq kamaytirishi mumkin. Musiqa tinglash vaqtida chuqur nafas olish esa massaj singari vahimaga samarali barham beradi.

Og‘riqni kamaytiradi

Yuta universitetida o‘tkazilgan tadqiqotda 143 nafar ishtirokchi qisqa elektr razryadi qabul qilish bilan bir vaqtda sevimli musiqasini tinglagan. Natijada og‘riq kamaygani sezilgan.

“Musiqa kishini shunchaki chalg‘itish bilan cheklanmaydi. Dastlab nafas olish, yurak qisqarishi chastotasini boshqaradigan miya moddasi uni qayta ishlaydi. Bu musiqaning yurak va qon bosimiga ta’sirini anglatadi. Qolaversa, musiqa yomon emotsiyalarga javob beradigan bodomsimon bezning faolligini kamaytirish bilan birga, huzur-halovatni his qilishga sabab bo‘ladigan neyron tizimiga ham ta’sir qiladi. Natijada shokolad iste’mol qilingandagidek samara kuzatiladi”, — deydi falsafa fanlari doktori va musiqiy terapevt Jok Bredt.

Qanday qilib musiqadan maksimal darajada foyda olish mumkin?

Sevimli musiqangizni tanlang

Musiqaning qanchalik foydali ekani aniqlangan tadqiqotda Sinatraning qo‘shiqlaridan tortib Baxning musiqalarigacha bo‘lgan ijod namunalarining bari yaxshi samara bergan. Bredt hech qanday universal musiqa yoki ritm yo‘qligi, agar Ledi Gaganing qo‘shiqlari tinchlantiruvchi ta’sir qilsa, unda o‘sha ijod mahsulini eshitish kerakligini ta’kidlagan. “Musiqa yordamida qon bosimini pasaytirmoqchi yoki stressni bartaraf qilmoqchi bo‘lsangiz, qalbni parchalaydigan va notinchlik chaqiradiganini tanlamang. Yomon xotiralarni esga soladigan qo‘shiqlarni tinglamang”, — degan u.

Shunchaki eshitmang, diqqat bilan tinglang

Musiqa fonida boshqa ishlar bilan shug‘ullanmang. Yaxshisi, bir nechta klassik qo‘shiqni yotgan holda diqqat bilan tinglang.

Qanday tinglagan yaxshi?

Quloqchindagi musiqa xuddi tashqi dinamiklardagi singari ish beradi. “Agar telefonni eshitmay qolishdan xavotirlansangiz, yaxshisi, kolonkadan foydalaning”. Asablarni tinchlantirish, og‘riqli tibbiy muolajalardan chalg‘ish uchun quloqchindan eshitgan yaxshi. Telefoningizdan foydalanishning imkoni bo‘lmasa, radioda tinglashni sinab ko‘ring.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nozima

    Har kuni musiqa ewitaman. yaxwi k6rganim Ozodbek Nazarbekov. awulalarini mazza qilib tinglayman

  2. Saida

    ROCKKK! Mana bu haqiqiy musiqa cool

  3. Laylo

    musiqasiz hayot yuq!

  4. JJ

    yess

  5. Gulli

    Musiqa boʻlmasa kun oʻtmaydi manimcha men har doim musiqa eshitaman musiqasiz qoʻlim ishga bormaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social