Sokinlikni sevuvchilar uchun 10 ta makon (foto)

Sokinlikni sevuvchilar uchun 10 ta makon (foto)

Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lishiga qaramay, ba’zida jamiyatdan tanaffus qilishi kerak. Sizning e’tiboringizga asablarni tinchlantiradigan va ko‘ngilni xotirjam etuvchi bir-biridan ajoyib makonlarni taqdim etamiz.

Tog‘ning chetida joylashgan estetik uy

Ushbu uy juda antiqa tuzilishga ega. Uning tomi ayvoncha bilan birlashib, uyning tayanchiga aylanib ketgan.

Quvvat makoni

Ushbu bino ma’lum darajada taniqli Stounxejni eslatadi va dumaloq panjara uyni yuqoridan ko‘rinadigan qilib ajratib turganday.

Daraxtdagi jodugar uyi

Sehrgarlar haqida yetarlicha ertak o‘qiganlar ushbu sirli uyga kirishni xohlamasligi aniq.

Tinchlantiruvchi makon

Tasavvur qiling, bu joyda suv nola qilyapti. Agar siz uxlashda qiynalayotgan bo‘lsangiz, unda bu uyga kelishga shoshiling, chunki suvning shovqini har kimni uxlatishi mumkin.

Ko‘p qavatli uy

Ushbu yog‘och binoning yuqori qavatidan hududdagi barcha daraxtlarning qor bilan qoplanganini ko‘rish mumkin.

Nora Xobbit

Ushbu uyga gnomlar guruhi kelguniga qadar xotirjam yashash mumkin.

Ekologik toza uy

Ushbu uyning tomida o‘t qatlami bor, shuning uchun bu kichkina kulba maysazorning bir qismidek tuyuladi va bir qarashda uyni payqash qiyin.

Uy-orol

Ushbu uy shahar shovqinlaridan charchaganlar uchun ayni muddao.

O‘rmon ichidagi kulba

Ushbu kulba olov qarshisida shamol ovozini tinglashni istaganlar uchun juda mos keladi.

Ko‘l bo‘yidagi shinam uy

Kuz o‘rmonlarni rang-barang tusga bo‘yab, yanada ajoyib manzarani kashf etadi.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Toir

    O’zimga bitta wunaqa uy osam, mazza qilib hayotimni ke4irgan b6lardim blum

  2. Nasiba

    Katta raxmat. g6zal joylar ekan.

  3. Sumayya

    Bunaqa joylani Yerdagi Jannat dgan boʻlardim.Bu uylani olish uchun yo bir umr mehnat qilib keyin 130ga kirganda yashash kere yoʻki oldin uyyi qarzga olib keyin 130 yil och qolib qarz toʻlash kereBu albatta hazil.Alloh beraman desa 2 soniya ketmidi.Agar nasib qib qolib shunaqa uy osam Fazo tv birinchi mehmonim boʻladi

  4. Fazo.tv

    Salom Sumayya! Juda xursand bo’lar edik smile Niyatlaringizga albatta yeting smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social