Nima bizni baxtli qiladi: bo’sh vaqt yoki pul?

Nima bizni baxtli qiladi: bo’sh vaqt yoki pul?

Albatta, vaqt puldir. Shuning uchun, biz biror narsani qurbon qilishimiz va nimadirni birinchi o’ringa qo’yishimiz kerak. Daromad yoki erkinlik – siz qaysi tomon yurmoqdasiz?

British Kolumbiya Universitetining olimlari (Kanadada) bir nechta tadqiqot o’tkazdi. Ularda 46 00 kishi ishtirok etdi va o’z vaqtlarini qadrlaydigan insonlar daromadni ta’kidlaydiganlarga qaraganda baxtli ekanliklarini aniqladilar.

Tadqiqot davomida, ishtirokchilar real hayotning qator savollariga javob berishdi va shu orqali, psixologlar ularning ustuvor yo’nalishlarini baholashdi. Misol uchun, ishtirolchilardan “arzonroq va uzoq vaqt talab qiladigan, hamda bir necha yo’nalishlarni o’zgartiradigan reyslarda uchishni tanlaysizmi yoki ko’proq pul to’lab, tez va to’g’ri boradigan reyslarda uchishni afzal ko’rasizmi”, “siz o’z ishingizni ozgina qisqartirib, shu bilan birga, o’z maoshingizni ham ozgina qisqartirib, qo’shimcha ish qilib, moliyaviy holatingizni yaxshilashni istaysizmi?”degan savollar so’raldi. Shuningdek, “uyni oldigan qimmatroqqa narsa olgan qulaymi yoki uzoqroqqa borib arzonroqqa narsa olgan qulaymi” kabi savollar ham berildi. Tanlov har doim ham aniq bir narsa emas, lekin ular ob’ektiv ma’lumotlar beradi.

So’ralganlarning yarmidan ko’pi o’z vaqtlarini qadrlashi va eng muhimi, ular bir oz baxtli ekanligi aniqlandi.

Ta’sirchan doiraga qaramasdan, tadqiqot muhim cheklovlarga ega. Tadqiqotda amerikalik ishchilar, Kanadalik talabalar va “Ilmiy olam” (Vankuver) muzeyiga tashrif buyuruvchilar ishtirok etishdi. Tadqiqotda pul muhtoj oilalar va yetishmovchilikda yashaydigan insonlar ishtirok etishmagan, chunki ular uchun pul juda muhimdir. Shu bilan birga, ishtirokchilarni tanlash va ularning jinsi, daromadi va fuqarolik holati o’rtasida hech qanday bog’liqlik mavjud emas. Yagona bog’lab turgan narsa, katta yoshdagi odamlar ko’pincha o’z vaqtlarini qadrlashar ekan.

Ho’sh, insonlarni nima baxtli qiladi? Olimlar bu haqida aniq bilishmaydi. Ular, insonlar bo’sh vaqtlarida uzoq vaqt davomida hayotlari bilan qoniqish hissi beradigan narsalarni qilishini taxmin qilishadi. Psixologlarning umid qilishicha, tadqiqot natijalari insonlar pul va erkinlik o’rtasidaga tanlovda to’g’ri qaror qilishlariga umid qilishadi.

Sizni nima baxtli qiladi: bo’sh vaqt yoki pul?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social