Bir kuni bir odam kema halokatiga uchragan edi va hech kim yashamaydigan orolga to’lqin bilan kelib qoladi. U yagona tirik qolgan inson edi va u Xudoga uni qutqarish uchun doimo ibodat qilgan edi. U kishi har kuni dengizda kema ko’rish umidida o’tirar edi.
Rosa holdan toygan bu inson, kema halokatidan keyin qirg’oqqa kelib qolgan kema qoldiqlaridan uy qurmoqchi bo’ldi. Ammo bir kun ovqat izlab, qirg’oqqa qaytib kelgach, kulbasi olov bilan qoplanganini ko’rdi va tutun osmonga ustundek ko’tarildi.
Eng qo’rqinchli narsa shundaki, uning qolgan narsalari kulbani ichida yondi. Unda hech narsa qolmadi. Shunda u odam umidsizlikni va g’azabni to’xtata olmadi:
– Xudovand, nima uchun buni menga berding? – deb baqirdi u.
Ertasi kuni ertalab u kema ovozini eshitib uyg’onib ketdi. Kema uni qutqarish uchun orolga suzib keldi.
– Sizlar meni bu yerda ekanligimni qanday bildingiz? – deb dengizchilarga savol berdi.
– Biz tutun signalini ko’rdik – deb javob berishdi.
Nima bo’lsayam – barchasi yaxshilikkadir!!!