Nima uchun aqlli insonlar xafa bo’lishmaydi?

Nima uchun aqlli insonlar xafa bo’lishmaydi?

Hayotni xafagarchiliklar uchun sarflash unchalik to’g’ri emas, chunki biz yashayotgan hayot juda qisqadir.

Ba’zan boshimizdagi to’lib ketgan muommolarni sehrli dori bilan bittada yechilishini istaymaymiz. Biror narsa doimo noto’g’ri ketadi, huddi barcha sizga qarshidek tuyuladi va u bilan kurashish juda qiyindek ko’rinadi. Atrof ranglarsizdek va hamma narsa oq va qora bo’lib ko’rinadi.

Biz bularning barchasi tezda yakuniga yetishi xohlaymiz. Ammo vaqt sizning xohishingiz bo’yicha tezlasholmaydi yoki birdaniga yorqin kelajakka o’tish mumkin emas.

Xafagarchilikga o’xshash his-tuyg’ular sizning nafas olishingizga imkon bermaydi va kulrang qoplama bilan ko’zlaringizni yopadi. Lekin bunday his-tuyg’ulardan qutilish mumkin. Buning uchun sizdan har kuni talab qilinadigan harakatni qilishingiz kerak.

Xafagarchilik qayerdan paydo bo’ladi?

Sizga yaqin bo’lgan odamlarning harakati sizning talablaringizga mos kelmaganda xafagarchilik paydo bo’ladi. Ular shunday deb nomlanadi: behuda kutishlar.

– Siz yordamga muhtoj bo’lganingizda sevimli insoningiz sizni tushunishini kutasiz va unga bu haqida gapirishga hojat yo’q deb o’ylaysiz…

– Siz bolaning otasi bog’chadagi yoki maktabda bayram vaqtini unutganlari uchun xafa bo’lasiz…

– Ota-onalar sizga yordam berishini kutasiz..

– Siz o’z do’stingiz sizni tushunishini kutasiz, ammo u o’z shaxsiy muammolari bilan band…

.. va yana ko’plab misollarni keltirish mumkin, ammo ularning har birida umidsizlik va xafagarchilik mavjud. Bundan tashqari, agar sizning xafagarchilik qanchalik kuchliroq bo’lsa, u shuncha uzoq davom etadi.

Kutishlar qayerdan paydo bo’ladi?

Tez-tez xafa bo’ladigan odamlar, huddi atrofdagilar hamma insonlar ularga nimadir qilishlari shart deb ishonishadi.

– Er xotinining yotigiga qahva olib kelishi va doimo qo’lida kutarib yurishi kerak…

– Bolalar o’z ota-onalariga itoat qilishlari va yaxshi o’qishlari kerak…

– Do’stlar qiyin paytlarda yordam berishlari kerak…

– Ota-onalar bolalarni sevishlari va ularga yordam berishlari shart…

Bular sizga tanishmi?

Agar insonning kutishlariga qarshi voqealar sodir bo’lsa, u juda katta umidsiz va xafagarchilikka duch keladi. Inson xafagarchilikning sabablarini tashqaridan qidirishni boshlaydi. Qidiradi va topadi! Va shu paytda u o’z qo’li bilan o’ziga zarar yetkazishini tushunmaydi.

Qayta takrorlaymiz: Siz xafa bo’lganingizda, o’zingizga zarar yetkazasiz va siz o’zingiz qilmagan ishni boshqalardan kutasiz.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social