Barchaga ma`lumki, erkaklar va ayollar bir biridan farq qilishadi. Amerikalik komik va nikoh eksperti Mark Gangorning aytishicha, ayollar va erkaklar miya tuzilishi bilan farq qilar ekan.
“Ayollar – erkaklardan ko`ra mukammalroq insoniyatdir. Erkaklar esa juda oson yaratilgan. Ularning bir biridan asosiy fark qiladigan narsa, bu ularning fikr yuritishidir”.
Erkaklardan boshlasak. Erkakning miyasi noyob hisoblanadi. U kichkina kutuchalardan iborat. Har narsa uchun ularda alohida kutuchalar bor. Mashina uchun, pul uchun, ish uchun, ayollar uchun, bolalar uchun va hatto qaynonasi uchun ham kutucha bor. Erkaklarda hamma joyda kutuchalar bor.
Ular yana bir oltin qoida bor: kutuchalar bir biriga aralashishi va bir birga tegishi kerak emas! Agarda erkaklar bir aniq mavzu haqida gapirsa, avval aniq shu kutuchasini topib, uni ochib va faqat shu kutucha ichidagi haqida gaplashadi. Keyin u kutuchani yopib uni o`z joyiga qo`yadi, ammo juda extiyotkorlik bilan buni bajaradi, chunki boshqa kutuchalarga tegib ketmasligi kerak.
Ayollarning miya tuzilishi erkaklarnikidan ancha farq qiladi. Ayollar miyasi – bu katta simlarning o`ramasidir. U erda hamma narsa bir biriga ulangan: pul mashinaga, mashina ishga, bolalar onaga ulangan, barchasi bir biriga bog`langan. Bu yuqori tezlikdagi internetga o`xshaydi va uning tezligi “tuyg`ular” nomli kuchga bog`langan. Shuning uchun ayollar ko`p narsani eslashi mumkin. Chunki har qanday tuyg`ular bilan bog`langan vaziyat, xotirada yoziladi va butun hayot davomida eslab yurishlari mumkin. Bunday holat erkaklarda ham bo`lishi mumkin, ammo tez-tez emas, chunki ularga baribir!
Eng asosiysi, erkakning miyasida bir kutucha bor-ki, bu haqida ayollar bilmasligi mumkin. Bu kutuchasida hech nima yo`q. Rost. Uning nomi “Xech nima haqida” kutuchadir. Bu tuti erkakning miyasidagi kutuchalar orasidagi eng sevimlisidir. Agarda imkoniyat bo`lganida, u bu kutuchasida kuni bilan o`tirgan bo`lar edi. Shuning uchun ular, masalan baliq oviga borishadi yoki televizor oldida ko`p o`tirishlari mumkin. Ayollar shunday qilolmaydi. Ular “Xech nima haqida” kutuchani tushunishmaydi. Hamda, ayolni g`azablantiradigan narsa, bu hech nima qilmaydigan erkakdir!
Hurmatli ayollar va erkaklar, siz bularni to`g`ri deb hisoblaysizmi? Izohlaringizni kutib qolamiz!!!
Juda toʻgʻri yozilgan maqola