Qayerda bo’lishimizdan qat’iy nazar, ishxonada, ko’chada, restoranda, biz doim bir xil ko’rinishga duch kelishimiz mumkin, ya’ni insonlar o’z telefonlaridan ko’z uzushmaydi. Shifokorlar nima uchun biz mobil moslamalarga intilishimiz va qanday qilib bunga qarshi turish kerakligini tushuntirib berishdi.
Barchamiz bir muammo bilan to’qnashamiz, doimo elektron pochtani yoki ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishni xohlaymiz. Buni oddiy qilib tushuntirish mumkin.
Hamma gap dofamin – neyromediatorda, ya’ni bu narsa mamnun bo’lish his-tuyg’usiga javob beradi. Bizga mamnun bo’ladigan nimadir sodir bo’lsa, shu narsa miyamizda paydo bo’ladi. Yoki yangi habar o’qiganimizda bizni kimdir eslashi va o’ylashi haqida bilamiz va biz bundan mamnun bo’lamiz. Bularning barchasi hursandchilik va dofaminni olib keladi. Ushbu jarayon nafaqat ruhiy, balki yana fiziologik hamdir.
Ushbu odatni qanday nazorat qilish mumkin?
Birinchi qadam – oson maqsad qo’yishdir.
Masalan, agarda siz do’stlar bilan kafeda o’tirgan bo’lsangiz, barcha telefonlarni stol markaziga qo’ying va tegmang. Hamma bilan kelishib oling, agarda kim birinchi bo’lib o’z telefonini qo’liga olsa, u barchaning o’rniga hisob bo’yicha to’lashi kerak bo’ladi. (sinab ko’rilgan uslub)
Yoki 10-15 daqiqa berib, toki barcha kerak bo’lgan narsani tekshirsin, keyin yana telefonlarni olib qo’ying.
Telefonlarga bo’lgan tobelik yosh juftliklar orasida ommabop hisoblanadi. Ko’pincha yoshlar kechki paytgi vaqtini bir-biri bilan muloqat o’rniga, mobil moslamalar bilan o’tkazadilar.
Har kuni telefonni chetga qo’yishga qaror qiling va shunchaki muloqat qiling.