Keyingi vaziyatni tasavvur kiling: siz o`z mashinangizda kechasi yomon ob-havo sharoitida ketyapsiz. Kutilmaganda bekatda avtobus kutib turgan uch kishiga ko`zingiz tushdi.
Bu insonlar:
1. Keksa ayol, ko`rinishidan U o`limga yaqin turibdi.
2. Eski do`stingiz, u qachondir hayotingizni saqlab qolgan.
3. Sizning orzuingizdagi qiz/yigit.
Bu holatda Siz kimni mashinangizga olgan bo`lardingiz, agar sizning mashinangiz faqat ikki kishiga mo`ljallangan bo`lsa? Davomini o`qimasdan hozir o`ylab ko`ring va o`zingizga javob bering.
Bu adob-axloq mashqi aslida qachonlardir bir firmaga ishga kirishdan oldin test sifatida berilgan edi. Siz bu vaziyatda o`zini yomon his qilayotgan keksa ayolni o`z mashinangizga olarsiz, chunki birinchi navbatda siz inson hayotini saqlab qolish kerak deb o`ylarsiz? balki siz qadirdon do`stingizni olarsiz, chunki qachonlardir u hayotingizni saqlab qolgan va bu vaziyat unga o`z minnatdorchiligingizni bildirishga juda yaxshi imkoniyat bo`lib xizmat qilar? lekin Sizda yana qachon o`z orzuingizdagi insonni uchratish imkoni bo`ladi?
Bu test ishga 200 ta nomzodlar orasidan faqatgina bittasida qiynchilik uyg`otmagan va U ishga qabul qilingan edi. Uning javobi quyidagicha bo`lgan: “ Men mashinam kalitini qadrdon do`stimga berardim va undan keksa ayolni kasalxonaga olib borishini iltimos qilardim. O`zim esa bu vaqtda orzuimdagi inson bilan qolgan bo`lardim”.
Gohida noan`anaviy fikrlash va ishga bo`lgan ijodkorlik bizga har qanday qiyin darjadagi ishning echimini topishga yordam beradi.
Sizchi, sizning bu testga javobingiz qanday edi?
очиги роса уйландим жавобимни этсам уят булади, шунчин этмиман 😉 купро шу каби маколала киб турила
Кекса аёл ва Эски дўстни олардим. Кизни эса кеийнчалик бошкасин топса булади!
Fikrizga qo’shilmagan bo’lardim Ozod, aynan birinchi galda turmush o’rtoqning yaxshisini topish kere keyin shartta uylanish kere
уша бола жавобни хам зор уйлаб топти, чунки ишхонамда купларга берганман шундай саволларни. аммо бундок жавоб чикмаган эди!