Yangi yil hayotimizga boshqa tarafdan nazar solishga, erishilgan narsalarni sarhisob qilishga va kelajakdagi maqsadlarga yana bir bor qarashga ajoyib imkoniyat beradi. Shu sabable, quyidagi savollar javob berishga harakat qiling. Bu siz uchun juda foydalidir.
O’tgan yili
- Bu yil qaysi voqeani farzandlaringiz va nabiralaringizga aytib berasiz?
- Yilni uchta so’z bilan ifodalash kerak bo’lsa, ular nima bo’lar edi?
- O’zingiz haqingizda nima bilib oldingiz?
- Bu yil qaysi yutug’ingiz bilan g’ururlanasiz?
- Bu yil siz uchun eng yaxshi yangilik nima?
- Siz tashrif buyurgan eng noyob joy qaysi?
- Sizning shaxsiy fazilatlarinizdan qaysi biri eng foydali va kerakli bo’ldi?
- Siz atrofingizdagi insonlardan kimga suyandingiz?
- Qanday yangi ko’nikma/bilimlarni o’rgandingiz?
- Nima uchun va kimga minnatdorlik bildira olasiz?
- Agar bu yilgi voqealar haqida kitob yozayotgan bo’lsangiz, qaysi janrda bo’lar edi? Komediya, sevgi hikoyasi, drama, dahshatli yoki boshqa biror janr?
- Bu yil o’rgangan eng muhim darslik nima?
- Siz qanday ichki taqiqlarni yengishga muvaffaq bo’ldingiz?
- Eng yoqimli vaqtni o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lgan, besh kishining ismlarini ayting?
- Bu yil ishdagi asosiy yutug’ingiz nima?
- Oila a’zolaringiz bilan qanday munosabatlarga ega bo’ldingiz?
- Sizga qaysi kitob yoki kino bu yil ta’sir ko’rsatdi?
- Yil davomida olgan eng g’alati iltifot (kompliment) nimadan iborat?
- Sizning kundalik ishingizda siz uchun eng kichik narsalar bo’lganmi?
- Bu yil qanday ajoyib ishlarni qildingiz?
- Yil davomida siz uchun eng ko’p tavsiflangan (quvonch, qiziqish, zerikish, charchoq va shunga o’xshash) psixologik holatni bir so’z bilan qanday tasvirlay olasiz?
- Hayotingizda birinchi marta qilgan ishingiz bormi?
- Ushbu yilning eng unutilmas onlarini aytib bering.
- 2017-yildagi qaysi qo’rquvlar 2018-yilda befoyda bo’ldi?
- Bu yilda qaysi harakatlaringizni takrorlashni xohlaysiz?
- Olingan eng qimmat sovg’a?
- Siz hal qilgan eng katta muammo?
- O’tgan yilgi qaysi voqeani eslaganingizda, tabassum qilasiz?
- Yilning eng yaxshi xaridi?
- Siz boshqacha qilishni istagan bir ishni eslang v anima uchun uni boshqacha qilgan bo’lar edingiz?
- O’zingizni biror sabab uchun maqtay olasizmi?
- O’tgan yildagi qaysi voqeani yana bir yashab o’tishga tayyor bo’lar edingiz?
- O’tgan yil nimalar haqida ko’proq tashvishlangan edingiz?
- Siz uchun eng qiziqarli mavzu nima edi?
- Siz qanday yangi odatlarni o’rgandingiz?
- Vaqt mashinasi bo’lsayu, bir yil oldinga qaytsangiz, o’zingizga qanday maslahat bergan bo’lar edingiz?
- O’tgan yilda sizga kim yoki nima ko’proq ijobiy ta’sir ko’rsatdi?
Kirib kelgan yangi yil
- Bu yilga bag’ishlangan asosiy mavzu nima?
- Siz nimani ko’rishni, kashf qilishni, o’rganishni xohlaysiz?
- Kim bilan kelgusi yilda ko’proq vaqt o’tkazishni istaysiz?
- Qanday yangi ko’nikma/bilimlarni o’rganishni yoki yaxshilashni xohlaysiz?
- Sizning qaysi shaxsiy fazilatingizni rivojlantirish va mustahkamlashni istaysiz?
- Kunlik hayotingizda nimani o’zgartirishni xohlaysiz?
- Qanday odatlarni siz o’zingizda mashq qilishni xohlaysiz yoki aksincha, qaysi biridan voz kechishni xohlaysiz?
- Bu yilgi kasbingizdagi maqsadlaringiz qanday?
- Siz 20-30 yildan so’ng qayta qaraganingizda bu yilda nimani eslashni xohlaysiz?
- Bu yilgi asosiy maqsadingiz nima?
Juda zor, qib koraman
Yangi yilga planla tuzdilami?