Dekabr oxiri – o’tgan yilning natijalarni ko’rish vaqti keldi. Butun yil mobaynida ko’p ishlar qilingan bo’lsa ham, oxirida baribir keyinroqga qoldirilgan ishlar topiladi.
- Odamlarning narsalarni qaytarib berish.
Kimdir sizda o’z qo’lqopini unutgan, kimdir sharfni yoki boshqa narsalarni. Kimgadir pul kaytarishingiz kerakdur yoki qandaydir buyurtmani! Sizni ushlab turgan narsadan xolos bo’ling. Qarzlarni qaytarib bering.
- Eski, kerakmas va “axlatni” tashlab yuboring.
Eski ishlamaydigan mikrovolnovka, dazmol yoki yangi yil eski archa o’yinchoqlarni… Siz tuzatishni orzu qilgan buzilgan va ishlamaydigan narsalarni, axlatga tashlab yuboring. Yangi yil – toza yil bo’lsin.
- Butun yil mobaynida chetga surilgan muhim ishlarni tugatish. Hech bo`lmasam bittasini tugatish!
O’z ro’yxatingizga qarang. Ish ko’p va ular doim ko’p bo’lishadi. Asosiy uchta ishni tanlang – eng eskisi va muhim ishlarni – va ularni hal qiling! Sessiyani yoping, buvingizni ko’rishga boring, tamirlashni tugating, kitobni o’qing va hokazo. Butun yil mobaynida chetga qo’yilgan ishlarni qiling! Bularni qilish vaqti keldi!
- Xafa qilgan insonlardan kechirim so`rang, va sizni xafa qilganlarni kechiring.
Yangi yilga xafagarchilik tuyg’ularisiz, aksincha xursandchilik va sevgi bilan kiring. Xa, kimdir sizni xafa qildi, kimdir tushunmadi sizni, siz kimgadir xissiyotlarga berilib yomon gapirgansiz. Unuting, kechirim so’rang va yashashni davom eting. Esda tuting birinchidan sizga yengil bo`ladi! Bu oson!
- Yilingizni maxsus qilgan insonlarga rahmat ayting.
Bu juda muhim! Kim yilingizni maxsus qilgan?! Rahmat so’zi – bu mo’jizali so’z! Keyin ko’rasiz hayotingiz o’zgarishni boshlaydi.
- Yilning natijasini ko’ring.
Bu o’tgan yilning muhim ishlaridan biri. Birinchidan siz o`tgan yilning xamma ishlarini eslaysiz, ikkinchidan, yangi yilda qanday yo’nalishni ko’rishingiz mumkin. Hamda bo’shliqlarni to’ldirishni unutmang!
- Archa bezating.
Busiz hech nima qilolmaysiz! Archasiz bayram bayrammi? Keyin esa yaxshi kayfiyatni va mo’jizani kuting!