O`smirlar bilan suhbat

Ko`pchilik ota-onalarga o`z farzandlari bilan ochiqcha gaplashish birmuncha qiyinchiliqlarni tug`dirishi mumkin. Ayniqsa bolalar o`smir yoshida bo`lsalar. Chunki har bir ota-ona o`z farzandini sevadi va suhbat davomida ayrim bolalarda uchraydigan kamchiliklarni ularga to`g`ridan to`g`ri aytishdan, bolalariga boshqacha ta`sir qilishlaridan biroz cho`chiydilar. Sababi ota-ona suhbat davomida ba`zi bir chegarani saqlashlari kerak. Masalan bolada doimo ikkilanish va yuragining tubida qandaydir mustahkam poydevor mavjud bo`lmaganida nima qilish lozim?

Har bir ota-ona o`z farzandiga qandaydir yordam bergisi keladi. Shunday vaqtda o`g`il bola bilan ota, qiz bola bilan ona gaplashishi ma`qul deb bilamiz. Ko`pincha bola o`zida kechirayotgan tuyg`ular bilan kamdan-kam bo`lishadi, ayniqsa ota-onalar bilan. Lekin shunday ikkilanishlar bolada bo`lmasligi uchun oldindan bolalarni shu bo`lishi kerak bo`lgan suhbatga tayyorlash lozim.

Qanday qilib degan savol paydo bo`lishi aniq. Bolalar xali yoshligidan boshlab ota- onaga o`z muammolari haqida ochiq gapirishni o`rgatish kerak. Buning uchun esa faqatgina bolalarda qandaydir muammolar bo`lishini kutish shart emas. Oddiy hollarda ham bola bilan suhbatlashish kerak. Bola bilan yaqindan do`stlashish lozim.

Har qanday inson ham o`zida bo`layotgan muammolar bilan do`stlari orqali ko`proq bo`lishishlari mumkin. Bola oilada sog`lom turmush tarzini ko`rishi lozim. Ayniqsa otaning roli bu joyda muhim. Bolangizda qandaydir muammo bo`lganini ko`rsangiz, u bilan suhbatlashish uchun qulay vaqtni tanlaganingiz ma`qul. Aytmoqchimizki bunday paytlarda bolalarning kayfiyati ham muhim.

Bolani biron narsa gapirishga hech qachon majbur qilmang. Aks holda bola ko`p yolg`on gaplarni sizga aytishi mumkin. O`ylaymizki suhbat uchun bolalar bilan qaergadir borib gaplashish  yaxshi natija beradi.

Masalan tabiat qo`yniga, park yoki hayvonat bog`iga borib suhbatlashing. Suhbatni yani maqsadingizni birdaniga aytib qo`ymang. Avval yon atrofni tomosha qiling, umuman suhbatlashish uchun qulay fursatni toping. Agar shunda ham bolani suhbat uchun tayyor emasligiga amin bo`lsangiz, yaxshisi keyinroqqa qoldiring. Lekin shu damda suhbat juda zarur bo`lsa, suhbatlashishga harakat qilib ko`ring. Bir ota shunday voqeani so`zlab bergan edi. Bolasining yurish turishida o`zgarish sezgan ota bola bilan suhbatlashishni maqul topadi. Bundan oldin bola bilan oddiy bir tangani olib o`ynashga harakat qilib ko`radi.

Xursand bo`lib, o`yinga qiziqib ketgan bola, maktabda o`z do`stlari bilan qimor o`ynashini va juda ko`p marotaba omadi kelganini o`z otasiga ma`lum qiladi. Albatta bolaning muammosiga yaqinroq o`yin,yoki boshqa narsa ularning tezroq ochilishi uchun imkon beradi. Bu esa suhbatni yanada osonlashtirar ekan.

Bordiyu sizda ham bu masalada biron bir fikr bo`lsa biz bilan bo`lishing. Kim bilsin, balki, qoldirgan kommentingiz kimlargadir foydasi tegar? Oldindan raxmat.

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bahrom

    Yuqoridaga muloxazalar juda to`g`ri. Aytishadiku nimani eksang, wuni o`rasan… bevosita o`smirlar bilan gaplashish ham tarbiyaning bir turi ota-ona albatta farzandlariga ham vaqt ajratish kerak! Farzand qiziqqan narsaga ota-ona ham qizizqish kerak har qancha eriw tuyilmasin vaqtincha bo`lsa ham hayotni uni ko`zi bilan qarash kerak. uwanda farzandning qalb kaltini topadi…

  2. Номаълум

    maqolaga gap yo’q, ajoyib

  3. Sarbinoz

    ota ona bilan farzandlari o’rtasidagi munosabat ko’proq oiladagi mujit, ya’ni otaning oiladagi roli, onaning otaga bo’lgan munosabati farzandning ota onasiga bo’lgan ishonchi, ularga bo’lgan hurmatini shakllantiradi

  4. а

    балли Бахром ва Сарбиноз, жуда яхши фикр. 100% кушиламан

  5. jasur

    xa chunki ota-ona uzining farzandiga qanday tarbiya bersa bulsa, kelajakda xam shu ota yoki ona bulganda xuddi shunday tarbiya berishi mumkin.

  6. sh

    ball I Sarvinoz aqlinga balli

  7. Tolibjonov Ali

    Usmirlikda 3 yoʻl boladi bolani oldida 1-jaholat 2-yaxshi samimiy inson 3-Dindor yaxshi samimiy inson shuning uchun farzand õsmirmi demak uni atrofidagilar kimligiga ham etibor berish lozim ozgina turtki yetaklash bilan bola 3 yildan birida kirib ketishi aniq bola sodda qilib aytganda yomon yoki yaxshi yoki Dindor yaxshi boʻlishi mumkin bu narsalar uni krukiga bogʻliq usmirli esda qoladigan oddiy ammo usmir uchun qiyin davr chunki manam usmirman

  8. Fazo.tv

    Salom Tolibjonov Ali, Dindor yaxshi deganda nimani aytmoqchisiz?

  9. Tolibjonov Ali

    Fazo tv Salom Dindor yaxshi deganda Islom dinini asl maqsadi va mohiyatini tushinishni nazarda tutdim qisqa qilib aytganda

  10. Fazo.tv

    Salom Tolibjonov Ali, raxmat fikringiz uchun.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social