Ko‘pincha o‘tmishdagi xatolarimiz, yo‘l qo‘ygan kamchiliklarimiz, erisha olmagan orzularimiz bizning hozirgi kunimizga soya soladi. O‘tmish… U bizni shakllantirgan, bizga tajribalar, saboqlar, ba’zan esa izlar qoldirgan beqiyos yo‘l…
«O‘tmishingiz bilan yarashing, shunda u hozirgi kuningizni buzmaydi», deyishadi. Bu nima degani? Buni qanday amalga oshirish mumkin?
Birinchidan, o‘tmishni inkor etish yoki unutmoqchi bo‘lish foydasiz.
Uni qabul qilish kerak. Xatolarimizni, muvaffaqiyatsizliklarimizni, og‘riqli voqealarimizni tan olish bu – birinchi va eng muhim qadam. Bu degani, o‘tmishingizdan afsuslanish yoki o‘zingizni ayblash emas. Balki, sodir bo‘lgan voqealarni xolisona baholash, ulardan saboq olish degani.
Masalan, yoshligimda o‘zimga ishonmaslik sababli ko‘p imkoniyatlardan voz kechganman. Keyin esa shu holatni qabul qilgan holda, o‘zimga ishonchimni oshirish ustida ishlaganman. O‘tmishdagi xatolarimni eslab, o‘sha paytda qanday xato qilganimni, nimani o‘zgartirishim mumkinligini tahlil qilaman. Bu esa menga bugunimda, hozirda boshqacha yo‘l tanlashga yordam beradi.
Ikkinchidan, o‘tmishning sizni boshqarishiga yo‘l qo‘ymang. Uni o‘zgartirishga harakat qilish befoyda. Ammo, o‘tmishning ta’siridan qutulish mumkin. Buning uchun o‘tmishdagi noxush voqealarni xotiradan chiqarish emas, balki ularning salbiy ta’siridan xalos bo‘lish muhim. Masalan, yomon munosabatlardan chiqib ketish, kechirish, psixolog bilan suhbatlashish bularning barchasi o‘tmishning salbiy ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan usullar, vositalar.
Uchinchidan, o‘tmishdan saboq oling. U sizga boy tajriba va bilim bergan. Shu tajribadan foydalanib, kelajakda xuddi shu xatolarni takrorlashning oldini oling.
Xullas, o‘tmishingiz bilan yarashish bu – uni unutmoq yoki inkor etish emas, balki uni qabul qilish, undan saboq olish va uning sizga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish deganidir. Faqat shundagina siz hozirgi kuningizdan to‘laqonli bahra olishingiz mumkin.
Juda tori!!!!
Утмишни хар доим куйвориш кере
Уни барибир узгартира омисила. Факат сикилиб бугунги хаётни утказворасила
O’tmishni unuta olmayapman lekin
Kelajakni o’ylang
O’tib ketgan narsa, o’tib ketdi
O’tmishni unutib bo’lmaydi, undan faqat yaxshilik olish mumkin
O’tmish bizga nima beradi?
Hayot bizga shunchaki beriladi uni yaxshi yoki yomon bolishi oz qolimizda hatoni hamma qiladi lekin undan tori qaror chiqarish hammaning oziga bogliq osha hatoni keyim qilmaslik aslida aqli qaror boladi bitta hatodan keyin osha hattoni yana takrorlasa odam oshanga organadi inson hatoni qayta qilmasliki bilan inson odam hamma bolishi mumkim inson esa aql idrok fahm farosat sohibi va sohibasidir Shundey ekan shu kamentni oqiyotkan insonlat hayotiz oz qolizda uni ipni qayga tortsangiz shu tomonga ketadi muhimi ishoncha va Allahga topshiring va yolizni togri tomonga yonaltiringlar otmishdagilar boldi otib ketdi oylab siqilishdan foyda yoq muhimi bitta hatodan keyin kerakli xulosa chiqaring
Uzr ismim esdan chiqibdi
Munojat Salom Otmish sizni kuchli qiladigan xatolarni qayta qilmaslik uchun darsdir