O`zaro hurmat

O`zaro hurmat

Hurmat nima o`zi? Hurmat haqida ko`p gapiramiz-u, uning aslida qanday bo`lishini kamdan-kam odamlar bilishadi. Ikki yosh turmush qurganida hurmatga asoslanib emas, muhabbatga, kelishuvga yoki bo`lmasa, ota-onalarining xohishiga qarab turmush qurishadi. Boshida muhabbat bilan boshlangan nikohga keyinchalik yillar o`tishi bilan hurmat kirib keladi. Er-xotin bir-birini hurmat qilishni o`rganadi. Farzandlariga dadasi haqida yaxshi gaplarni aytishi ayolning erini hurmat qilishini bildiradi. Eri yo`qligida ham u istagandek yo`l tutishi hurmat qilishini bildiradi.

Erning ham ayolni ardoqlashi muhabbatini va uni hurmat qilishini bildiradi. Unga g`amxo`rlik qilishi bu sevishiga va hurmat qilishiga misol. Jahli chiqqanida ham boshqalar oldida qattiq gapirmasligi hurmat qilishini bildiradi. Bu misollarni ko`plab keltirishimiz mumkin. Er-xotin oilada bir-birini hurmat qilib yashasa, bolalar ham ulardan o`rnak olib ota-onalarini hurmat qilishni o`rganishadi. Erkak kishi bolalari yoki boshqalarning oldida  ayolini behurmat qilmasligi kerak.

Ayol ham o`z o`rnida boshqa erkaklar oldida erining kamchiliklarini aytib uni behurmat qilmasligi kerak. Misol uchun er-xotin oilaviy do`stlarinikiga oshga borishdi. Uy egasi o`z qo`llari bilan osh qilibdi. Erkak kishi osh qilganda juda mehr bilan qiladi-da. Ayol esa eriga qarata: «Siz ham mana shunday osh qilishni o`rgansangiz bo`lar ekan» – desa uni boshqalar oldida mulzam qilgan bo`ladi. Bu bilan siz osh qilishni bilmaysiz, mana qarang mana bu kishi oshni boplabdi. Sizning oshingiz bunikiday chiqmaydi, – degan bo`lasiz. Bu esa eringizga yomon ta`sir qiladi. Osh qiladigan odam butunlay osh qilishni to`xtatib qo`yishi mumkin.

Agar er-xotin orasidagi sevgi Xudo tomonidan berilgan bo`lsa, u yillar o`tsa ham so`nmaydi, aksincha alangalanib boraveradi. Er ham o`z ko`rkamligini, baquvvatligini, sochlarini yo`qotadi. Ayol ham endi avvalgiday sarviqomat bo`lmaydi. Bolalar va ro`zg`or tashvishi bilan o`ziga qarayolmaydi. yillar uning sochlariga oq, yuzlariga ajin tushiradi. Ammo chindan bir-birini hurmat qiladigan, bir birini sevadigan er-xotinlar uchun buning zarracha ahamiyati yo`q. Borgan sari ular turmush o`rtoqlarini tashqi tomoni uchun emas, qalbi, insoniyligi uchun sevib hurmat qiladigan bo`lishadi.

Gapingiz to`g`ri. Biroq turmush o`rtog`ini hurmat qilgan er yoki ayol uning tashqi ko`rinishi uchun ham qayg`urishi kerak. Ayol erining salomatligini o`ylab, unga eng sara va foydali taomlarni tayyorlab berishi, unga og`ir paytlarda ko`nglini ko`tara bilishi kerak. Ayolini hurmat qilgan erkak, uning ortiqcha darajada toliqishiga yo`l qo`ymaydi. Bolalar bilan bo`ladigan muammolarda unga yordamchi bo`ladi. Mehmon izmon kelganida unga yordam beradi. Siqilganida unda dardkash bo`la oladi.

Qanday yaxshi. Shunday oilaga ega bo`lishni kim ham istamaydi deysiz. Ammo bir tanishim aytganiday: «Sen avvalo Xudodan o`zingni o`zgartirishini so`ra, turmush o`rtog`ingni  o`zgartirish esa u darajada qiyin ish emas». Agar hurmat olishni istasangiz, siz birinchi bo`lib hurmat bering. Uni hurmat qilishda davom eting. Mana ko`rasiz bir kuni uning sizni hurmat qilayotganini sezib qolasiz.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. ааа канчалик чиройли сузлар, афсуски хаётда буни кам учратамиз

  2. Номаълум

    беш кул баравар эмас дунёда хар хил инсон бор кимдир содда мугомбир яна кимдир мугомбир содда ёмон куринган одам яхши булиши мумкин жуда яхши куринган одам ёмон булиш мумкин одамнинг оласи ичида булади

  3. Shahzoda

    Juda chiroyle suzlar lekin bunday butunlek hammada ham mavjud emas

  4. Salom Shahzoda, gapingizga qo’shilaman, lekin nega hammada shunday emas ekan?

  5. Juda chiroyli gaplar dunyoda shu kabi insonlarni uchratganman bazida insonlarni yuzidan bilib bolmaydi

  6. MOHICHEXRA

    Judayam chiroyliii so’zlaaarrr bunday odamlar nihiyatddaa kaaaammmm

  7. A.Nigina

    Juda chiroyli fikrlar agar hamma shunga amal qilib bir-birini hurmatqilib yashasa hayotimiz jannatga aylanadi

  8. Muslima

    Qaynota qaynonaga nisbatan hurmat qanday.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social