Tassavur qiling, Ciz uchun qadrli bo`lgan inson Sizga nisbatdan yomon ish yoki harakat sodir qildi. Siz u bilan munosabatni to`xtashni xohlaysiz. Lekin bu inson sizga juda ham yaqin do`st bo`lgan. Balki o`zingizga: “Uni tushunish kerak…” – deb aytarsiz, balki yuz bergan hodisada do`stingiz qiyin holatda bo`lgan deb o`zingizni ovuntirarsiz. Judayam to`g`ri, agar inson biz uchun qadrli va qimmatli bo`lsa nima uchun uni tushunishimiz va kechirishimiz kerak emas?
Ammo shunday vaziyatlar ham bo`ladiki, ba`zi narsalarni tushunishimiz qiyin bo`ladi. Shu vaziyatlarda biz yaqin insonni tushunishimiz va albatta uni qabul qilishimiz kerak bo`ladi. Qabul qilish – bu yaxshiku?! Aynan shu vaqtda biz boshimizni egib aytamiz: “Ha albatta, men tushunaman va qabul qilishni ham o`rganishim kerak”. Agarda biz uchun bu inson bilan munosabatimiz qadrli bo`lsa, unda albatta biz uni qabul qilib, tushunib va kechirim berishimiz kerak bo`ladi.
Biroq muammo shundaki “Nima uchun?” degan savolga javob berishni yaxshi ko`rmaymiz! Sababi, qachonki bizga nisbatan yomon ish yoki harakat sodir qilishganda, biz u insonni tushunishimiz va kechiramiz mumkin, lekin shu bilan birga munosabatlarimizni to`xtatishimiz ham mumkin.
Munosabatning buzulishiga bizning tushunmasligimiz yoki kechirim bermasligimiz sabab bo`la olmaydi. yo`q! Endi anglab etamizki, kelajakda shu harakatni sodir qilgan insondan nima kutishni bilamiz. Albatta biz bu insonni qilgan ishini tushunishimiz mumkin, kechirishimiz va hatto munosbatimizni to`xtatmaslikka xaraqat qilamiz, lekin endilikda unga nisbatdan ehtiyotkorlik bilan munosabat qilamiz. Balki keyinchalik biz u insonga yordam ham berarmiz, bu munosabatlarimiz tiklanishi uchun emas. yo`q! Balki biz u insonga o`xshamaganlimizda. Farqi shunda.
Gohida sevgi ko`zlarimizni ko`r qiladi. Do`stlarimiz va biz uchun qadrli bo`lgan insonlarga nisbatan sevgi. Hattoki biz ularning bir qanday ishlarini ko`rmaslikka harakat qilamiz. Lekin keyinchalik shu bilan birga afsuslanish ham kelishi mumkin. Qo`rqoqlar doim – qo`rqib yashashadi. Qalbaki insonlar – qalbakiligicha qolishadi. Kim doim pulni tanlasa – u doimo pulni tanlaydi.
Biz qanchalik ularni yomon ishlariga ko`p ko`zlarimizni yumsak, keyinchallik bizga qiyin bo`ladi. Biz insonlarmiz. Do`stlarni orttiramiz va yo`qotamiz. Barchamiz xato qilamiz. Kimdir ko`p, kimdir kamroq. Xato qilgandan keyin albatta shu vaziyatdan to`g`ri chiqib ketishimiz kerak bo`ladi. Boshqa inson xato qilganda bizga uni qabul qilish qiyin bo`ladi. Biroq esdan chiqarmang: “biz ham xato qilishimiz mumkin”
qadrli bugan inson hech qachon yomonli qimiydi
aldagandayam enangni ko’rsatvorishadi, men uchun qadrli deb yurgan insonlar bir kun kelib mansab yoki pulga taqalganda shunaqangi pichoq urishadi ortingdan, keyin bu yarani butun umr tuzatib bo’maydi, hechkimmi boshiga tushmasin munaqala
halqni tarbiyasi pas, bunaqa vazifalarni oshirishga kuchi yetmaydi
qadrli inson xech qachon yomonlik qilmidi, biroq xatto qilib kuyishi mumkin. kimnidir xattosin kurib biz daro shu insonni yomon kuramiz! shundaymasmi???
Haqiqatdan ko’pchilik insonlar bu narsalarni bajarishi qiyin
Якин инсонинг алдаса хам кечирасан, чунки унда чин чиндан хам ку’нглинг булса. Манимча бу бир кам дунё хаётда хамма хато килади, Худо кечиримлику бандасини кечирса нега инсонлар бир бирини кечириб тушинмиди?
Ахроржон
O’zimiz oldimizda sof bo’lishimiz kerak