Men bir kunda sarflagan pulni sen bir oyda topasan

Men bir kunda sarflagan pulni sen bir oyda topasan

Har bir inson munosabatda o’zinikini olishni xohlaydi. Kimdir doim xursand bo’lishni xohlaydi, kimdir uni tushunishni xohlaydi. Kimdir esa o’z cho’ntagiga mos juftlikni qidiradi. Xa bu haqiqiy sevgiga ham o’xshamasligi mumkin, shuning uchun hayot o’zining o’zgarishlarini kiritishi mumkin.

Bir boy bo’lmagan yigit boy insonning qizini sevib qoladi.  Bola unga uylanishni istab, u qizga taklif beradi. Shunda qiz shunday dedi:

“Men bir kunda sarflagan pulni sen bir oyda topasan. Qanday qilib men sen bilan bo’lishim mumkin? Qanday qilib sen bu haqida o’ylading? Men hech qachon seni sevmaganman, meni unut va o’zinga teng bo’lgan qizni top!”

Ammo yigit uni osonlik bilan unutolmadi. 10 yildan keyin, ular tasodifan do’konda ko’rishib qoldilar. Qiz uni tanib birinchi bo’lib gap boshladi:

“Salom! Qaleysan? Men turmushga chiqdim, bilasanmi erim qancha oylik olishini? 15700 dollar oyiga! Qaley? U yana juda aqlli”.

Qachondir sevgan qizidan shunday gaplarni eshitishidan keyin yigitni ko’z yoshlari yig’ilib qoldi. Ammo bir necha soniya ichida qizning eri kelib qoldi. Qiz bir so’z aytishga ham ulgurmay, shuni eshitdi: “Xo’jayin shu yerdamisiz! Siz xotinim bilan tanishdingizmi?”.

U xotiniga qarab shunday dedi: “Bu mening boshlig’im, men ishlayotgan 100 mln lik loyihani u boshlagan! Bilasanmi qachondir u bir qizni sevgan edi, ammo uning yuragini qozonolmadi. Ushandan beri u hattoki uylanmagan. Exx, agarda unga erga tekkanda, qanday baxtli qiz bo’lar edi!”.

Qiz xayratda edi va boshqa gapirolmadi.

Hikoya xulosasi shundaki: Hech bir ishni hudbin niyatda qilma, shuhratparast bo’lma, aksincha kamtarlik bilan boshqalarni o’zingdan ustun ko’r. Faqatgina o’zingni emas, balki boshqalarni ham manfaatini ko’zla.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Hozirgi kunda ko’p insonlar asosan pul orqasidan chopishadi, puldan tashqari hech narsani o’ylashmaydi. Albatta pul kerak, lekin uni birinchi o’ringa qo’yishlari xato deb o’ylayman.

  2. Fazo.tv

    Amirxon, birinchi o’ringa nimani qo’yish kerak deb o’ylaysiz?

  3. Amirxon

    Menimcha birinchi o’rinda Xudo va sevgi bo’lishi kerak. Qolgani o’zi keladi…

  4. Dollar almashtiraman

    Pulchi? Obruv? Kayfsafo?

  5. Amirxon

    Ular vaqti keganida keladi, lekin ular birinchi o’rinda bo’lishlari kerak emas deb o’ylayman. Ular bo’lishi kerak emas deb aytomman, lekin faqat ular hayotda kerak deb yashamash kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social