Birovga chuqur kovlama (+video)

Birovga chuqur kovlama (+video)

Bir kuni bir cho’pon bir kishini xafa qilib qo’yibdi. Kishi darrov bu narsani ko’ngliga tugib, o’sha cho’pondan o’chini olishni rejalashtiribdi. U bir kunni tanlab, shu kuni qorong’u kechada uni xafa qilgan cho’pon uchun chuqur kovlashni boshlabdi. Chuqurni kovlayotib, cho’ponning o’sha chuqurga qanday qilib yiqilib tushayotgani holatini hayolidan o’tkazibdi. Yiqilayotib cho’ponning qo’li yoki oyog’i sinishi, balkim chuqurdan chiqish yo’lini topaolmasdan o’lib ketishini haqida ham hayol suribdi. Hech bo’lmaganda cho’ponning qo’yi yoki moli, balki qo’zisi tushib ketishi tahminida chuqurni kovlashni davom ettiribdi.

Kishi cho’pondan o’ch olish niyatida chuqurni juda uzoq va qattiyatlik bilan kovlashni davom ettirar ekan, chuqurning bora bora chuqurlashib ketganini sezmay qolibdi. Sekin – sekin tong ham yorishishni boshlabdi. Tongning yorishishidan kishi cho’pondan o’ch olish hayollaridan o’ziga kelibdi, ne ko’z bilan qaramasin o’zi kovlagan chuqur shu darajada chuqur kovlanganki, hatto o’zining shu chuqurdan chiqish imkoni qolmabdi.

Hissadan hissa shuki, kimgadir chuqur kovlashdan oldin shuni bilish kerak – kimgadir chuqur kovlamoqchimisiz, unda shu chuqurga birinchi bo’lib o’zingiz tushasiz! Bu bir oddiy qoyida, chuqur kovlayotgan odam chuqurda birinchi o’zi bo’ladi. Shu o’rinda bir donishmandning so’zlarini eslash lozim deb bildim: Birovga loy otishdan oldin, birinchi sening qo’ling loy bo’lishini aslo esingdan chiqazma.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social