Muammolar haqida …

Muammolar haqida …

Bir kuni bir kishi bitta uy oldidan o’tayotib, yoshi katta ayolga ko’zi tushdi. Yonida esa yoshi katta chol ham o’tirardi. Ikkalasining oldida esa bitta it g’ingshigancha yotardi. Kishi hayron bo’lib “nimaga bu ikki qariya itiga qaramayapdi” degan fikrni hayolidan o’tkazdi.

Ertasiga yana shu uy oldidan o’tayotib, bir kun oldingi holatni kuzatdi. Yana o’sha qariya juftlik va yonlarida g’ingshiyotgan it. Kishi o’zicha “agar ertaga yana shu holat takrorlansa albatta ularning oldiga borib nima uchun itga qaramayotganlarini so’rayman” deb yo’lini davom ettirdi.

Uchunchi kuni yana shu holat takrorlandi. Shunda boyagi kishi chidab turolmay qariyalarning oldiga borib:

– Kechirasiz, murojat qildi kampirga. Itingizga nima bo’ldi?

– U mix ustida yotibdi.

Bunday javobdan uyalib: – “agar u og’riq sezayotgan bo’lsa, nimaga u o’rnidan turmayapdi?”

Kampir jilmayib: – “Azizim, u o’rnidan turmayotgan ekan, demak u faqat g’ingshish darajasidagi o’g’riqni sezmoqda. Agar og’riq kuchliroq bo’lganida u albatta o’rnidan turardi” deb javob beribdi kampir.

Xuddi shunday o’zimiz ham bizni qiynayotgan narsalar bo’yicha ko’p noliymiz. Nimanidir o’zgartirishimiz shart, lekin ko’p hollarda nolishdan boshqasiga yaramaymiz.

Huddi shu masaldagidek “bizning o’rnimizdan turishimizga” – nimanidir o’zgartirishimizga nima to’sqinlik qiladi?

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yaxshi yozilgan ekan.

  2. Xurshid

    Muammola hech qachon tugamaydi, asosiysi ularga munosabatimiz

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social