Puldan qimmatroq bo’lgan 10 narsa

Puldan qimmatroq bo’lgan 10 narsa

Agarda hayotingiz pul ortidan quvish poygasiga aylanib ketsa, to’xtang. Muhimroq bo’lgan narsalar haqida fikr yuriting.

Bolalik damlaringizni yodga oling. O’sha vaqtlarda sizni pul bilan bog’liq bo’lgan masalalar unchalik qiziqtirmagan. Qanchalik oddiy yashaganingizni eslang. Keyinchalik biz ulg’aydik va ishlashni boshladik. Bizda mas’uliyat paydo bo’ldi va shu bilan birga pulga bo’lgan ehtiyoj ham paydo bo’ldi. Shu paytdan boshlab hayotimiz butunlay o’zgarib ketti.

Pul haqidagi fikrlar boshqa barcha fikrlardan ustun bo’ldi. Pul bizning dinimizga, sajda qiladigan xudoyimizga aylandi. Biz qilayotgan hamma narsa pul uchundir.

Qancha ko’p pul topsak ham, biz doimo ko’proq xohlayveramiz. Biz yanada kengroq uy, xavfsizroq hayot, yangi mashina kabi narsalarga bo’lgan xohish tugamaydi. Shunday qilib, bizning hayotimiz doimiy pul ortidan quvishga aylanadi. Bunday vaziyatda kimdir muvaffaqiyatli, ammo kimdir muvaffaqiyatsiz bo’lishi mumkin.

Boylik orttirgan muvaffaqiyatli insonlarga ishonsak, pul ortidan quvishni to’xtatib, birinchi o’ringa qadrli va muhim bo’lgan narsalarni qo’ysangiz, shundagina hayotingizda pul paydo bo’lishi mumkin ekan.

1. Oila bilan vaqt

Agarda siz pul yo’qotsangiz, har doim yana pul topishingiz mumkin. Ammo, vaqt yo’qotib, uni hech qachon qaytarib ololmaysiz. Ishoning, unutib bo’lmaydigan xotiralar yaratish sizdan juda ko’p kuch va vaqt talab qilmaydi. Farzandlaringizga kichik bir hikoyani aytib berishga harakat qiling (hech bo’lmaganda kechki payt), ularni kuldirishga harakat qiling. Buni har kuni bajaring va ular bu daqiqalarni abadiy esda saqlashadi.

2. G’oyalar

G’oyalar har qanday kapitaldan ko’ra ko’proq qimmatli narsadir. Vaqt o’tishi bilan inflyatsiya pulni yutadi va yaxshi g’oyalar faqatgina qimmatli bo’ladi. G’oyalarigizni yozing va ularni xavfsiz joyda saqlang. Ehtimol, ulardan biri sizni boy odamga aylantirishi mumkin.

3. Xotiralar

Ho’sh, siz qaysi yangi yil kechasini boshqalaridan ko’ra yaxshiroq eslay olasiz? Qimmatbaho sovg’a olganingizni yoki ajoyib his-tuyg’ularni boshdan kechirganingizni eslay olasizmi? Xotiralar bizning boshimizda saqlanadigan va umr bo’yi turadigan hazinaga o’xshaydi.

4. Kulgi

Kulgi bizni baxtli va sog’lom qiladi. Hech kim samimiy kulguga, pulni almashtira olmaydi. Shu bilan birga, agar biz faqat chin yurakdan kulish uchun sababni topmoqchi bo’lsak, uni har doim va har joyda topamiz.

5. Muntazamlik

Har bir inson bu hayotda ajoyib ish qilishni orzu qiladi. Biroq, o’z maqsadlarida muntazam bo’lganlar bu orzuдarga erishishadi. Muntazamlik yiqilganda ham, yana  turib davom ettirishga yordam beradi. Muntazamlik boshqalarni o’z g’oyalar bilan hayratga solishga undaydi. Nihoyat, muntazamlik bu g’oyalar uchun pul olish imkonini beradi.

6. DNK

Endi bu satrlarni o’qiganlar ehtimol 40-60 yildan so’ng bo’lmaydi, ammo DNK qoladi. U bizning farzandlarimizda, nabiralarimizda qoladi. Va ularning ota-bobolarini unutmasliklari uchun qo’limizdan kelgan eng yaxshi narsa bizdan so’ng meros qoldirishdir.

Pul bir yoki ikki avlodda yo’qoladi, lekin siz boshqalar bilan o’rtoqlashayotgan ayrixohligingiz, g’oyalaringiz va fikrlaringiz abadiy yashay oladi.

7. Saxiylik

Biz boshqalarga biror narsa qilsak, u bizga bumerang kabi qaytib keladi. Va bu bumerang’ni qanchalik kattiroq tashlasak, u boshqa odamlarga shunchalik kuchli ta’sir o’tkazadi. Uni ushlaganimizda nima sodir bo’lishini bilasizmi? Biz quvonch va baxtni boshdan kechiramiz. Bu puldan yaxshiroqdir.

8. Boshqa odamlar uchun fikrlar

X-ni yaxshiroq qiladigan 10 g’oyalar ro’yxatini tuzing. X – bu biznes yoki shaxs. Ushbu ro’yxatni ushbu kishilarga yuboring. Ehtimol, 50 ta qabul qiluvchining biri javob beradi. Bu odatiy. Ba’zan bu million topish uchun yetarli bo’ladi.

9. Jismoniy salomatlik

Ko’pchilik pensiyaga chiqqanidan keyin birinchi yilida so’nishni boshlaydi. Bu sizning daromadingiz uchun sog’likni sarflamaslikni ko’rsatadi. Siz bu pulni sarflash imkoniyatidan oldin o’lishingiz mumkin. Sog’lig’ingizga e’tibor bering, shundagina uzoq va baxtli hayot kechirishingiz mumkin.

10. Siz

Ko’pchilik o’zlarini bank hisobidagi pul miqdori, egallagan pozitsiya yoki ular erishilgan narsalari bilan baholaydilar. Lekin siz asosiy narsani tushunishingiz kerak: siz atomlar, kimyoviy moddalar, tajriba, qiziqishlaringiz va g’oyalaringizning noyob birlashmasisiz.

Daromadingiz qanday bo’lishidan qat’i nazar, siz o’zingiz va o’zingizdan hayratda qolasiz.

Ushbu ro’yxatni yana davom ettirishingizga aminmiz. Fikrlaringizni izohda qoldirishni unutmang.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social