Hayotimizda biz bu so`zni ko`p ishlatamiz, ko`p eshitamiz. Ko`pchiligimiz bu so`zni ko`pincha boshqalarning bizga nisbatan aytishini istaymiz. Chunki bu iborani eshitish, insonga qanchalik xursandchilik beradi, o`ziga bo`lgan ishonchini yanada oshiradi.
“Baxtli inson” deganda biz har birimiz o`zgacha fikrlashimiz (o`ylashimiz) (fikr yuritishimiz) mumkin. Kimdir hayotida oldiga qo`ygan maqsadlarga erishgan vaqta, yana kimdir o`z sevgisiga erishganida. Bir so`z bilan aytganda, har bir inson o`zi uchun qadrli bo`lgan biror bir narsaga erishgan vaqtida, huddi u insondan baxtliroq inson yo`qdek dunyoda.
Lekin hayotda har doim ham hamma narsalar bizning foydamizga xal bo`lavermaydi. O`ylab ko`ring, kimdir yillar davomida oldiga qo`ygan maqsadiga erishish uchun tinmasdan mehnat qiladi, o`qiydi, izlanadi. Biroq vaqt kelib aniq bo`ladiki, shuncha qilgan xarakatlari va mehnatlari shu maqsadiga erishish uchun etarli emas. Shunda bu inson ruhan tushkunlikka tushadi. Uning uchun dunyoda o`zidan baxtsiz inson yo`q dek.
Ha, nimaham derdik, bir kuni ko`kka ko`tarilamiz boshqa kuni esa tuban yiqilamiz. Bu hayot, haqiqiy va real hayotdir. Ushbu real xayot bizga ko`p narsani beradi, ularning orasida xursandchilik va baxtsizlik ham joy olgan. Aynan shu xayotga bo`lgan bizning munosabatimiz bizni baxtli yoki baxtsiz inson qiladi. Qaerda yo qachon yiqilmaylik, nolamasdan va ikkilanmasdan o`sha zaxoti o`rnimizdan turib, ustimizdagi changni qoqib yana olg`a yurishimiz kerak. Baxtli yoki baxtsiz inson bo`lishimiz aynan shunday yiqilishlarga bo`lgan munosabatimizdir desak mubolag`a bo`lmaydi.
Baxtli inson deb, inson hayoti maboynida hech bir qilgan ishidan uyalmasa va qilgan qarorlaridan keyinchalik afsuslanmasa, demak o`ylaymanki, bu inson eng baxtli insonlardan biridir.
Агар шундай бахтли инсонни курсангиз демак унинг хаётга ва узига булган муносабат жуда яхши савияда. Бахтнинг калити менимча айнан шунда.
бахт тугри узимиз яратамиз уз атрофимизни хам биз узимиз
Бахт сузини хар ким хар хил тушунади. Лекин хакикий бахтиёрлик нимада? Ким айтоалади
Кандай бахтли инсон! Бахтли инсон булиш учун нима килиш керей? Ким билади? Бахтнинг калити нимада ё кимда?
Baxtli inson bu gunohlarsiz inson
Har bir inson gunohli!