Qanday qilib $20 hayotingizni o’zgartirishi mumkin?

Qanday qilib $20 hayotingizni o’zgartirishi mumkin?

Bir kuni mashxur inson sahnaga chiqib va cho’ntagidan $20 chiqaradi. Xonada 200 ga yaqin odam bor edi. Shunda u dedi:

-Kim hozir $20 ga ega bo’lishni istasa qo’lini ko’tarsin

Xonada jimlik paydo bo’ldi, keyin sekin qo’llar ko’tarilishi boshlandi. Shu vaqtda mashhur inson shunday dedi:

-Men shu $20 biringizga beraman, biroq oldin men bir ishni qilishimga ijozat bering…

U pulni ikkala qo’li bilan g’ijimlashni boshladi. Keyin u yana so’radi:

-Kim hamon unga ega bo’lmoqchi?

Shunga qaramasdan qo’llar ko’tarilgancha qoldi.

-Yaxshi -dedi  u. – Agarda men shunday qilsamchi?

U pulni yerga tashladi va keyin oyoqlari bilan bosishni boshladi va keyin yana so’radi:

-Siz hamon unga ega bo’lmoqchimisizlar?

Ko’plab qo’llar ko’tarilgancha qoldi.

-Do’stlar, biz hozir siz bilan muhim bir darsni o’rgandik. Pul bilan nima qilishimga qaramasdan, sizlar baribir unga ega bo’lmoqchisiz, chunki bu narsa uning bahosiga ta’sir qilmadi. Bu puli hamon $20 bo’lib qoldi.

Ko’pincha biz hayotimizda yiqilamiz. Hayotimizdagi vaziyatlar yoki insonlar bizni yerga urib ezishlari mumkin. Shu vaqtda biz o’zimizni bahosiz (keraksiz) his qilamiz. Ammo siz bilan sodir bo’lgan yoki bo’lishi kerak bo’lgan vaziyatlarga qaramasdan biz o’z bahoyimizni yo’qotmaymiz.

Kir yoki toza, bukilgan yoki singan bo’lishidan qat’iy nazar bizni sevganlar uchun biz doimo bebaho qolamiz. Biz har tomonlama jabrlanishimiz, ezilishimiz mumkin, ammo sinmaslikka harakat qilishimiz kerak. Mushkul ahvolga tushsak ham umidimizni yo‘qotmasligimiz lozim. Hayotimizning asosiy baxosi biz kimmiz yoki kimni bilishimiz emas, balki aslida Kim ekanligimizdadir.

Barchangiz muhim insonlarsiz buni hech qachon unutmang!

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dollar almashtiraman

    man yahshi kurgan mavzuekan. Dollar almashtiraman. Yigirma dollar zo’r pul. Eskimi yengimi farqi yuq. hikoya rostanam bir haqiqatni ochdi. Har bir klient qimmatbahodir. Chunnki bir dollar almashtiradimi yuz dollarmi baribir man uchun u klient. Ularning barchasi muhim insonlar, buni hech qachon unitmiman.

  2. Rustam

    Aka dollar qancha bo’votti o’zi?

  3. Dollar almashtiraman

    Nima dollaring kupayib qoldimi?

  4. Dollar almashtiraman

    Jackson janoblari baraka topsinla!

  5. Rustam

    Sanga nima ko’paydimi yo’qmi? qancha bo’ldi digandan keyin, hizmatini qilib et bo’ldi!!!

  6. Dollar almashtiraman

    Porojnyak savollani bermasen baraka topasan. Hozir aka dip turgan odam sanga tushib qoldi. Haqiqiy aptini kursatib quydingu.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social