Qanday qilib ishonchsizlikni engish mumkin?

Qanday qilib ishonchsizlikni engish mumkin?

Ko`pchilikning oldida gapirishga yoki o`qish va ishda biror bir mavzuni ifodalashga o`zingizda ishonchsizlik his qilasizmi? Yangi psixologik tadqiqotga ko`ra har bir inson bir necha daqiqa ichida o`z qo`rquvlarini va ishonchsizliklarini engishi mumkin ekan.

Har bir inson o`z vaqtida shunday vaziyatlarga tushadi, bunday vaziyatda sabr-toqat va qanoat muhim rol o`ynaydi. Masalan oddiygina misol,yoqtirgan notanish qiz yoki kelishgan yigit bilan tanishib gaplashishga hattoki botirlik kerak bo`ladi. Shuningdek, imtihon yoki biror bir muhim suhbat oldidan ishonchsizlik va qo`rquv bo`lishi mumkin.

Yangi psixologik tadqiqotga ko`ra, qo`rquvlarni engishning eng yaxshi usul – bu o`z o`zi bilan gaplashish ekan. Aniqrog`i, o`ziz bilan – uchinchi shaxs sifatida gapirish va albatta o`z ismimiz bilan chaqirishdir. Masalan, inson o`ziga: “Men juda yaxshi imtihonga tayyorgarlik ko`rdim ” o`rniga ” Rustam juda yaxshi imtihonga tayyorgalik ko`rdi ” deb aytishdir.

Olimlarning fikriga ko`ra, inson o`ziga uchinchi shaxs sifatida gapirish orqali ichki qo`rquvlarini kamaytiradi, ammo inson o`zi bilan birinchi shaxs sifatidi gapirganda shunday natijaga erishilmas ekan.

Tajribalar shuni ko`rsatdiki, o`z haqida uchinchi shaxs sifatidi gapirgan insonlar katta auditoriya oldida juda ishonchli o`zlarini ko`rsata olganlar va albatta boshqa insonlarga o`zlarini yaxshi tarafdan ko`rsatishgan. Hozirgi kunga kelib ko`pchiligimiz shunga o`xshash vaziyatlarga to`qnash kelamiz va shunday holatlarda biz o`zimizni qanchalik boshqara olishimizni ko`rishimiz mumkin.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Жасур

    galati ekan uzin haqinda uchinchi shaxs sifatida gapirish

  2. Yordam bersa bo’ldi

  3. Hammasi shunday, yaxshi yozilgan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social