The Best—2021. Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi

The Best—2021. Yilning eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi

FIFA tomonidan 17-yanvar, dushanba kuni 2021-yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o‘tkazildi.

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rildi. Polshalik futbolchi 2020/21-yilgi mavsumda Bundesliga bosh sovrini va Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. U barcha musobaqalar doirasida 48 ta gol urdi. Mazkur sovrin uchun, shuningdek, “PSJ” hujumchisi Lionel Messi va “Liverpul” forvardi Muhammad Saloh da’vogarlik qilgandi.

Qayd etish kerak, 2020-yilda ham ushbu sovringa Levandovski ega chiqqan.

Shuningdek, FIFA boshqa nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblarni e’lon qildi.

  • Yilning eng yaxshi murabbiyi — Tomas Tuxel (“Chelsi”);

  • Yilning eng yaxshi darvozaboni — Eduar Mendi (“Chelsi”);

  • Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Aleksiya Putelyas (Ispaniya, “Barselona”);

  • Yilning eng chiroyli goli — Erik Lamelaning rabona uslubida “Arsenal”ga (1:2) darvozasiga urgan goli.

  • Fair Play sovrini — Daniya terma jamoasi futbolchilari va shifokorlari (ular Yevro—2020 vaqtida Kristian Erksenning hayotini saqlab qoldi).

Krishtianu Ronaldu esa terma jamoalar miqyosida barcha davrlarning eng yaxshi to‘purariga aylangani uchun FIFAning maxsus sovrini bilan taqdirlandi. U Portugaliya terma jamoasi safida 115 ta gol urgan.

FIFA yil yakunlari bo‘yicha ramziy terma jamoani ham taqdim etdi. Tarkib 3-3-4 ko‘rinishida tuzilgan.

Darvozabon: Janluiji Donnaruma (Italiya, “Milan” / “PSJ”);

Himoyachilar: Leonardo Bonuchchi (Italiya, “Yuventus”), Ruben Diash (Portugaliya, “Manchester Siti”), David Alaba (Avstriya, “Bavariya” / “Real”);

Yarim himoyachilar: Jorjinyo (Italiya, “Chelsi”), Ngolo Kante (Fransiya, “Chelsi”), Kevin de Bryuyne (Belgiya, “Manchester Siti”);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, “Yuventus”, “Manchester Yunayted”), Erling Holand (Norvegiya, “Borussiya D”), Robert Levandovski (Polsha, “Bavariya”), Lionel Messi (Argentina, “Barselona” / “PSJ”).

FIFA yil yakunlari bo‘yicha ramziy ayollar terma jamoasini ham taqdim etdi.

Ayollarda eng yaxshi murabbiy:

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sardor

    Lamelani goli wedevr!

  2. Farruh

    Mendi eng yaxwi darvozabon, lekin terma jamoa yo’q…
    Saloh kuchli uchlikda, lekin terma jamoa yo’q…
    jinni bula

  3. Gndn

    rofl nima bu uzi?

  4. Sardor

    he4kimga keremas narsa.

  5. nnn

    good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social