Qanday qilib nikohni yanada mustahkam va baxtli qilish mumkin?

Qanday qilib nikohni yanada mustahkam va baxtli qilish mumkin?

Erkaklar uy ishlari bilan shug’ullanmaydi degan gap hali ham mavjud. Biroq, olimlarning ta’kidlashicha, baxtli nikohning kaliti ikki juftlik o’rtasidagi uy vazifalarni teng taqsimlashdir.

1970-yillarda AQSH da ajralish hollari ko’paygan edi. Jamiyat va ba’zi olimlar buni ishchi ayollarning ulushi keskin oshganligi bilan bog’lashgan. Braun universitetining demografi Frances Goldscheider bu har bir oila uchun qiyin sinov ekanligini aytdi. Bundan tashqari, ayollar hali ham uy vazifalarini katta qismni bajarishgan.

Tarixchi Stephanie Coontz ajrashgan erkaklar va ayollar orasida so’rov o’tkazdi. Ajralishlar chindan ham ichki muammolar va bolalar tarbiyasi tufayli kelib chiqqan. “Ajrashishning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bu erkaklar o’zgarishlarga moslasha olmasligi edi” – dedi Coontz.

011

Bolalarga va uy ishlariga vaqt ajratishni ikkala inson – ayol ham, erkak ham qilishlari kerak.

Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turmush o’rtoqlar bir-biri bilan uy ishlarini bo’lishib olishgan va ular boshqalardan ko’ra ko’proq baxtliroq edi.

Erkak bola bilan qancha ko’proq vaqt o’tkazsa, ikkala inson uchun munosabatlar shunchalik quvonarli va baxtli bo’ladi. Bundan tashqari, uy ishlarida yordam beradigan erkak, ayolning nazarida yanada jozibali ko’rinadi.

Shunday qilib, agar siz romantik munosabatni saqlashni va oilangizni mustahkamlanishini xohlasangiz, uy ishlarini bo’lishib ko’ring. Har kim istagan uy ishini bajarsin. Agar juftingiz biroz uy ishlarini yoqtirmasa, uni o’zingiz qilishga harakat qiling.

Baxtli nikoh ikki juftlikning ishi natijasidir.


Sizchi? Yuqoridagi yozilganlarga nima deysiz? O’z izohlaringizni qoldiring. 


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social